Ertaga urush bo‘lsa: ODKB operguruhi tojik-afg‘on chegarasida ishlamoqda

AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish 90 foizga yakunlandi. Toliblar qat’iyat bilan hokimiyat sari kelmoqda.
Sputnik
AQSh qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqish 90 foizga yakunlandi. Toliblar qat’iyat bilan hokimiyat sari kelmoqda. Rossiya qurolli kuchlari va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti mintaqadagi vaziyatning shiddat bilan yomonlashuviga - chegarada qator manyovralar va razvedka ishlarini olib borish bilan munosabat bildirmoqda. KXShT matbuot xizmati Sputnik nashriga tashkilotning tezkor guruhi Tojikistonning janubiy viloyatlariga dala chiqishlarini amalga oshirib, shuningdek, tojikistonlik harbiy qo‘mondonlar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Bir yarim mingdan ortiq afg‘on harbiysi Tojikiston hududiga qochib o‘tdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Moskva Afg‘onistondagi voqealar salbiy rivojiga katta e’tibor qaratayotgani to‘g‘risida gapirdi va KXShT doirasidagi majburiyatlar to‘liq kuchda qolishini tasdiqladi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, RF "o‘z ittifoqchilariga nisbatan har qanday tajovuzkor boqinchilik harakatlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasida joylashgan Rossiya harbiy bazasi imkoniyatlaridan" foydalanishga tayyor.
Sal oldin KXShT tezkor guruhi Tashkilot birlashgan shtabi rahbari general-polkovnik Anatoliy Sidorov boshchiligida tojik-afg‘on chegara hududidagi vaziyatni monitoring qilish uchun Tojikistonga yetib kelgan edi. Tashkilot formatida qo‘shma chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar tayyorlanadi. KXShT matbuot xizmati Sputnik agentligiga ma’lum qilishicha, yaqin kunlarda operativ guruhning Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Chegara qo‘shinlari rahbariyatlari hamda Tojikiston Respublikasidagi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan Tojikistonning janubiy hududlariga dala chiqishlari rejalashtirilgan. KXShT janubiy chegaralarida real terroristik xavf muallaq turibdi.
“Tolibon”* jangarilari Badg‘isdagi qamoqxonaga bostirib kirib, mahbuslarni ozod qildi
Toliblar 6-iyul kuni turkman chegarasiga chiqishdi va chegaradosh mamlakatlarga xavfsizlik kafolatlariga o‘xshash va’dalarni berishdi. Ammo ertasiga shimoliy Bagdis provinsiyasidagi qamoqxonaga bostirib kirib (Turkmaniston bilan chegaradosh), o‘z xalqi va qo‘shni xalqlar uchun shubhasiz xavf tug‘diruvchi xavfli jinoyatchilarni ozod etdilar.
Shu kunlarda toliblar vakili Zabiulla Mojahid Qobuldagi hukumat Afg‘onistonning shimoliy hududlarini o‘z nazoratiga qaytara olmaydi, deya bayonot qildi va harakat tomonidan nazorat qilinadigan hududlarning kengayishini istisno etmadi.
"Tolibon"*ning Qobul bilan tinchlik muzokaralari sabotaj qilinishi (amerikaliklar bilan Doxadagi kelishuv asosida) va hukumat kuchlari bilan shiddatli jangovar harakatlar fonida, terrorchilarning tinchlik va xavfsizlik haqidagi hamma bayonotlari targ‘ibot nayrangiga o‘xshamoqda.

Real nishonlar va vositalar

"Afganistan.Ru" nashri manbalari toliblarning uchinchi mamlakatlarga ziyon yetkazmaslik haqidagi va’dalariga ishonishni uzoqni ko‘ra bilmaslik, deya hisoblaydilar: "Siyosatni taqiqlangan uyushma va’dalari ustida qurish qanday bo‘larkin, umuman tushunarsiz". "Tolibon"* ID* va "Al-Qoida"* bilan munosabatlarni uzmaganini e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim - Markaziy Osiyo davlatlariga uch terroristik uyushma ittifoqi tahdid qilayotgani ayon.
Eronda Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi va "Tolibon" o‘rtasida muzokaralar boshlandi
Jangarilarning shimoliy provinsiyalarda, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmaniston chegaralarida faollashuvi qo‘shnilar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Gar "Tolibon"ning o‘zi bo‘lmasa, uning ittifoqdoshlari - ID* va "Al-Qoida"* - "Tolibon"* nazorati ostidagi hududdan shimolga kengayish uchun foydalanishni istashlari ehtimoli bor. Tojikiston bilan chegaradosh Badaxshonda ko‘p sonli ishidchilar borligi, bu hudud harbiy texnika o‘tishi uchun qiyin, ammo afg‘on jangarilarining Tojikistonga kirib borishi uchun qulay bo‘lgan hudud ekanligi ma’lum.
The Wall Street Journal nashri xabar berishicha: Tojikistonga bo‘lgan "bosh savdo darvozasini" egallagach, toliblar chegara faoliyatini normal ishlashini qayta tiklash maqsadida respublika hukumati, shuningdek, O‘zbekiston vakillari bilan bog‘lanishga ulgurishgan.
Sal avval amerikaning FDD's Long War Journal harbiy portali o‘zbek, turkman va tojik chegaralariga yaqin provinsiyalarning barcha uyezdlari qariyb toliblar boshqaruvida ekanligini qayd etgan edi.
Shu tariqa, "Tolibon"*ning chegara oldi zonasidagi nazorati Dushanbe, Toshkent va Ashxobodga u yoki bu siyosiy hamda iqtisodiy shartlarni ilgari surish (qo‘shni davlatlar hukumatlarini yumshoq "terror" qilish) imkonini beradi. Afg‘onistondagi bunday "ikki hokimlik" holati Rossiya va uning Markaziy Osiyodagi ittifoqdoshlariga hech qanday yaxshi narsani va’da qilmaydi.
Markaziy va Janubiy Osiyo anjumanida kimlar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi
Bu orada esa, AQShning Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqarishi deyarli yakunlanli - Pentagon aviatsiyasi 980dan ortiq reyslarni amalga oshirdi va 17 mingga yaqin uskuna va texnikalarni Chet el harbiy intervensiyasining sharmandali yakuni jangarilarga yangi kuch hadya etmoqda.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani toliblar "yuz yil o‘tsa ham" o‘z maqsadlariga erisha olmaydi, deya ishonadi. AIR milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Hamdulla Mohib optimistlik bilan toliblar siquvi oqibatida Tojikiston hududiga chekingan 2300 afg‘on harbiylari Afg‘onistonga qaytarilgani haqida ma’lum qildi. Kelasi haftada Qobul 7ta amerika Black Hawk vertolotlarini qabul qilib oladi. Umuman olganda, toliblar hukumat kuchlaridan qurol-aslahalar va texnikani muvaffaqiyatli tortib olishmoqda va hatto "ortiqchalarini" Pokistonga o‘tkazishmoqda. Ularda tez orada yangi vintqanotli mashinalar ham paydo bo‘lishi ehtimoli bor.

To‘liq jangovar shay holat

Yuzaga kelgan xavotirli va nostabil vaziyatda Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya haqiqatan ham faqat o‘z kuchlari va terroristik guruhlar ekspansiyasiga qarshi kurashish vositalariga tayanishlarii mumkin. O‘zbekiston armiyasi to‘liq jangovar shay holatga keltirilgan.
Yigirma ming zaxiradagi tojik harbiy xizmatchilari mamlakatning janubiy sarhadlarini qo‘riqlash uchun xizmatga chaqirib olindi. Rossiya Afg‘oniston bilan chegarada tartibni saqlash uchun Tojikistondagi 201-harbiy bazasini istalgan vaqtda ishga tushirishga tayyor va janubiy yo‘nalishda qator turfa xildagi manevrlarni amalga oshirib kelmoqda.
Markaziy Osiyoda “tolibonga qarshi front” tashkil qilish - Shoygu missiyasi
Tojikistonda 6-iyul kuni bo‘lib o‘tgan taktik-parvoz mashqlari paytida 201-Rossiya harbiy bazasining Mi-24 va Mi-8MTV5 vertolotlari shartli dushman uyushmasiga qarshi raketa hujumini uyushtirdi va avtomobillar karvoni, o‘q otish nishonlari, qurol va o‘q-dorilar saqlanadigan joylarni imitatsiya qilgan 15ta yer usti nishonlarini muvaffaqiyatli yo‘q qildilar. Bir kun oldin rossiyalik minomotchilar Lyaur poligonida 3 ming metrgacha bo‘lgan masofada 120 mm li minomotlardan zalp bilan o‘q otishni mashq qilishgan edi.
Tojikistonda o‘tgan haftada 201-rossiya harbiy bazasining 3000 nafar harbiy xizmatchilari ishtirokida beshta taktik mashqlar bo‘lib o‘tdi. Sambuli tog‘ poligonida artilleriyachilar 122 mmli 2S1 "Gvozdika" va 120 mmli "Sani"samoxod minomoti singari artilleriya ustanovkalaridan "Fara", "Sobolyatnik", "Streles" yuqori texnologiyali vositalaridan foydalangan holda o‘q otishlarni mashq qilishdi.
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatni nazorat qilmoqda – DXX
Epizodlardan birida S-300 PS zenit-raketa tizimlari bo‘linmasi raschetlari shartli dushmanning tezkor nishonlarini aniqlash va elektron raketalarni uchirishni mashq qildilar - agar terrorchilarda yuqorida tilga olingan Black Hawk vertolotlari paydo bo‘lsa, ushbu tajriba qo‘l keladi. Umuman olganda, Markaziy Osiyo mintaqasida yozgi mashg‘ulotlar davomida - Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hududlarida to‘qqizta xalqaro mushtarak mashqlar o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda Rossiya Markaziy harbiy okrugi ofitserlari - motoo‘qchi, artilleriya, muhandislik bo‘linmalari, shuningdek, eng o‘qitilgan qo‘mondonlari, shuningdek, radiatsiya, kimoviy va biologik mudofaa bo‘yicha mutaxassislar - Suriyada orttirilgan jangovar tajribalarini mahalliy hamkasblari bilan o‘rtoqlashishadi.
Dasturdan quyidagilar o‘rin olgan: texnik razvedka vositalaridan foydalangan holda artilleriya olovini boshqarish bo‘yicha darslar, modernizatsiya qilingan BTR-82 bronetransportorlarining qurollaridan foydalangan holda o‘q otish mashqlari, granatalardan nazorat o‘q otish mashqlari, motoo‘qchilar bo‘linmalari tarkibida kunduzgi va tungi taktik mashqlar.
Rossiya KXShT bo‘yicha ittifoqchilarni himoya qilishga tayyor – Lavrov
Bundan tashqari, Uzoq masofaga uchadigan aviatsiyaning taktik-parvoz mashqlari davomida Rossiyaning to‘rt mintaqasida joylashtirilgan Tu-160 va Tu-95MS raketa tashuvchilari 6-iyul kuni Saratov viloyatida qanotli raketalarni shartli ravishda uchirishdi. Uzoq masofaga uchadigan raketa tashiydigan bombardimonchi samolyotlarning mashqlari 9-iyulgacha davom etadi, ular Markaziy Osiyo bilan "bog‘lanmagan", ammo yuqori aniqlikda havoga uchadigan qanotli raketalar uchirish chizig‘idan minglab kilometr uzoqlikda joylashgan nishonlarga zarba berishga qodir.
Rossiya Harbiy kosmik kuchlarining Uzoq masofaga uchadigan aviatsiyasi Suriya Arab Respublikasi hududida "Islom davlati" jangarilarini qanday samarali tarzda "elakdan o‘tkazganini" yaxshi eslaymiz. Rossiya manyovrlardan "jiddiy ssenariyga" juda tezkorlikda o‘tishga qodir.
* – RFda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.