Eronda Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi va "Tolibon" o‘rtasida muzokaralar boshlandi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovFlag posolstva Islamskoy Respubliki Iran na Pokrovskom bulvare v Moskve.
Flag posolstva Islamskoy Respubliki Iran na Pokrovskom bulvare v Moskve. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.07.2021
Obuna bo‘lish
Qatar poytaxtida 2020-yilning 12-sentabrida afg‘on hukumati va toliblar o‘rtasida tinchlik muzokaralariga start berilgan edi.
TOShKENT, 7-iyul – Sputnik. Eron poytaxti Tehronda chorshanba kuni Afg‘oniston hukumati delegatsiyasi va "Tolibon" radikal harakati o‘rtasida muzokaralar boshlandi, deb xabar bermoqda ISNA agentligi.
"Bugun Eronda Afg‘oniston hukumati vakillari va "Tolibon" delegatsiyasi ishtirokida afg‘onlararo muzokaralar boshlandi", - deyiladi agentlik xabarida.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va qishloq tumanlarida kattagina hududlarni egallab olib, katta shaharlarga hujum boshlagan toliblar o‘rtasida kurash bormoqda.
Qatar poytaxtida 2020-yilning 12-sentabrida afg‘on hukumati va toliblar o‘rtasida tinchlik muzokaralariga start berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0