Namanganning olis hududlarida bog‘chalarning muqobil turi ishga tushirildi

Ushbu tajriba guruhlarining ishi hamda natijalari tahlili va aholining ijobiy mulohazalari asosida, bunday muqobil modellar respublika miqyosida ko‘paytiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul - Sputnik. O‘zbekistonda Maktabgacha ta’lim vazirligi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) bilan hamkorlikda respublikaning chekka hududlarida bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni oshirish maqsadida, maktabgacha ta’limning yangi muqobil shakllarini joriy etish ishlari davom etmoqda.
Jumladan, kuni kecha, 6-iyul kuni loyiha doirasida Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi pedagogika kollejida, To‘raqo‘rg‘on iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kollejida, Norin tumanining “Soy bo‘yi, mahallasida, Chust pedagogika va servis kollejida 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun guruhlarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Sahrodagi qasrlar: Qoraqalpog‘iston bog‘chalari qanday isloh qilinmoqda? Sputnik reportaji
Ushbu guruhlarda jami 9 ta mahalla qamrab olinadi, u yerda 200 nafar bola maktabga sifatli tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Qishloq aholisi uylarining yonida maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu guruhlarda binolar qayta jihozlandi, mebel, o‘quv, uslubiy, didaktik materiallar bolalar uchun o‘yinlar va o‘yinchoqlar sotib olindi va yetkazib berildi, tarbiyachilar va metodistlar yuqori sifatli pedagogika asosida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘qitildi.
Har bir guruhda bitta tarbiyachi va bitta yordamchi tarbiyachi bo‘ladi. Bolalarning guruhlarda qolish vaqtlari 3-4 soatni tashkil etadi, ta’lim jarayoni bir yoki ikki smenada, ovqatlanish tashkil etilmagan holatda olib boriladi.
Ochilish marosimida Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin hamda YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamadzoda, YuNISEFning O‘zbekistondagi erta rivojlanish va ta’lim bo‘yicha maslahatchisi Vazira Nazarova, tuman hokimlari, mahalla qo‘mitalari raislari, ota-onalar, ommaviy axborot vositalari vakillari, bloggerlar ishtirok etdilar.
Olis hududlarda 2 mingga yaqin oilaviy bog‘chalar tashkil qilinadi – prezident
Marosim yakunida 200 nafar bolaga shaxsiy sovg‘a, o‘quv qurollari uchun bolalarning rukzagi topshirildi.
Ushbu guruhlarning ochilishi bolalarning ota-onalari, aholi, mahalliy hokimiyat va jamoatchilik tomonidan ijobiy baholandi.
Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasining (YuNISEF) O‘zbekistondagi rahbari marosim yakunida Munir Mamadzade muqobil modelni yanada rivojlantirish, kollejlar, maktablar, mahallalarda va boshqa binolarda aholi uchun qulay bo‘lgan joylarda bunday guruhlarni yaratish bo‘yicha tuman hokimlari bilan fikr almashdi va uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazdi.
Maktabgacha ta’limning yangi turi joriy etilmoqda
Aholi bilan uchrashuvlarda hudud aholisi uylarining yaqinida bolalar uchun shunday guruhlar tashkil etilgani uchun minnatdorlik bildirishdi.
Shunday qilib, pilot loyiha doirasida 8 ta guruh (4 ta Namangan va 4 ta Xorazm viloyatlari) tashkil etilib, 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 400 dan ortiq bolalarni qamrab oldi.
Ushbu tajriba guruhlarining monitoringi olib boriladi, ushbu guruhlarning ishi hamda natijalari tahlili va aholining ijobiy mulohazalari asosida, bunday muqobil modellar respublika miqyosida ko‘paytiriladi.