Kamilov Pentagon rahbari bilan Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston delagatsiyasi rahbari sifatida kelgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. 1-iyul kuni Vashington shahriga O‘zbekiston delagatsiyasi rahbari sifatida kelgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.
Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov, pribivshiy v g.Vashington vo glave delegatsii Uzbekistana, provel vstrechu s Ministrom oboroni Soyedinennix Shtatov Ameriki Lloydom Ostinom
Uchrashuv chog‘ida Pentagon rahbari vazir Abdulaziz Kamilovni O‘zbekiston Mustaqilligining 30-yilligi bilan tabrikladi.
Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekiston: AQSh 9 ming afg‘onni vaqtincha joylashtirishni so‘ramoqda
"Muzokaralarda mudofaa yo‘nalishidagi, mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, umumiy tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish kabi sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Turli darajalar va yo‘nalishlardagi muntazam muloqot sababli so‘nggi yillarda O‘zbekiston-Amerika aloqalari ijobiy o‘sish suratlarini kasb etayotganligi, amaliy mazmun bilan boyib borayotgani qayd etildi.
AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi xalqaro sa’y-harakatlarning O‘zbekiston tomonidan ko‘p yillardan buyon qo‘llab-quvvatlanayotganligini hamda ushbu mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash va uning Markaziy Osiyo mintaqasiga integratsiyasiga ko‘maklashishga tayyorligini olqishladi", - deyilgan bayonotda.