Putin SSSR qayta tiklanishi g‘oyasiga baho berdi

Joriy yilda u 18-bor o‘tkazildi. Putinga umumiy hisobda Rossiya aholisidan 1,5 milliondan ziyod murojaatlar kelib tushdi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. SSSRning qayta tiklanishi maqsadga muvofiq emas, deb bayonot qildi Rossiya prezidenti Vladimir Putin to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot davomida.
"Qachonlardir Sovet Ittifoqi barham topdi. SSSR yadrosi, Rossiya o‘z iqtisodiy salohiyatining yarmini yo‘qotdi, xuddi shuncha miqdorda aholisi va territoriyasini ham boy berdi. SSSRni qayta tiklashdan ma’no yo‘q", - dedi Putin o‘z chiqishining yakunida.
SSSR: Toshkent o‘tgan asrning 70-80 yillarida qanday bo‘lgan – video
Prezident shuningdek, Rossiya hanuzga qadar dunyodagi eng yirik davlat maqomida qolayotganini aytdi.
Eslatib o‘tamiz, 1991-yilning dekabrida RSFSR, Ukraina va Belarus SSR rahbarlari Belovej bitimini imzolashdi.
Hujjat ratifikatsiya qilingach, SSSR rasman barham topdi, mamlakat rahbari Sergey Gorbachev esa ixtiyoriy ravishda o‘zidan vakolatlarni sokit qildi.
Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot formati 2001-yilda tashkil etilgan.
Gorbachov o‘z xatolarini qanday baholaydi
Tadbir an’anaviy tarzda har yili o‘tkazib kelinadi.
Joriy yilda u 18-bor o‘tkazildi. Putinga umumiy hisobda Rossiya aholisidan 1,5 milliondan ziyod murojaatlar kelib tushdi.
Eng uzoq davom etgan Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot 2010-yilda bo‘lgan. O‘shanda prezident aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda 4 soatu 25 daqiqa muloqot qilgan va 88ta savolga javob bergan edi.