AQSh harbiylarning bir qismini Afg‘onistonda qoldiradi

AQSh hukumati Afg‘onistonda bir necha yuz nafar harbiylarni joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda
Sputnik
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. AQSh Afg‘onistondan o‘z harbiy kontingentining asosiy qismini chiqargach, bir qismini mamlakatda qoldirishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda The Associated Press.
AQSh hukumati Afg‘onistonda 650 nafar harbiy xizmatchilarni joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
MDH harbiylari shaxsiy tarkib tarbiyasi borasida kelishib olishdi
Maqolada qayd etilishicha, bunday chora amerika qo‘shinlarining asosiy qismi chiqarilganidan so‘ng diplomatlar xavfsizligini ta’minlash uchun zarur.
Bundan tashqari, turk kuchlariga yordam sifatida AQSh hukumati yana bir necha yuz amerikalik harbiylarni bir necha oy davomida Afg‘onistondagi Qobul aeroportida ushlab turishni rejalashtirmoqda.
Amerika va xalqaro kuchlarning muhim qismi 4-iyulga qadar Afg‘onistonni tark etishi kerak, deya aniqlik kiritib o‘tilgan.
Ellik nafardan ortiq afg‘on harbiysi O‘zbekiston hududiga o‘tdi – TIV bayonoti
Eslatib o‘tamiz, AQSh Afg‘onistonga o‘z qo‘shinlarini 2001-yil oktabr oyida kiritgan edi. Ushbu qaror 11-sentabr kuni Nyu-Yorkdagi egizak-minoralarga nisbatan amalga oshirilgan va 3 mingga yaqin insonlarning hayotiga zomin bo‘lgan terroristik hujum fonida qabul qilingandi.
2010-2013 yillarda AQSh tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarning eng yuqori cho‘qqisida Afg‘onistondagi G‘arb kuchlari soni 150 ming kishidan oshdi. AQSh va NATOning asosiy jangovar bo‘linmalari 2014-yilda Afg‘onistondan chiqarildi.
Shoygu Afg‘onistondagi vaziyatga baho berdi
Afg‘onistondan harbiy kontingentni olib chiqish niyati haqida AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp ham gapirgan edi.
AQShning amaldagi davlat rahbari Jo Bayden 14-aprel kuni Afg‘onistondagi Amerika tarixidagi eng uzoq xorijiy harbiy kampaniyaga aylangan operatsiyani tugatish qarorini qabul qilganini e’lon qildi.
Amerika qo‘shinlarini chiqarish ishlari may oyida start oldi. Sal avval AQSh harbiy kontingenti, taxminlarga ko‘ra, Afg‘onistonni 11-sentabrda tark etishi rejalashtirilgan edi.