TOShKENT, 21 iyun — Sputnik. 20 iyun kuni Toshkent metropoliteni "Olmazor" bekatida barcha yo‘lovchilar tushirib yuborildi. Metropoliten matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 22:10 da Chilonzor yo‘nalishi "Olmazor" bekatidan "Bekat-1" tomon harakatni boshlagan poyezd mashinisti nosozlikni aniqlangan.
“Yo‘lovchilarni hamda harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar "Olmazor" bekatida tushirilgan. Nosozlikni aniqlash maqsadida harakat tarkibidagi poyezd elektrodepoga jo‘natilgan”, - deyilgan xabarda.
Metropoliten keltirilgan nosozliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.