TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. O‘zbekiston hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida, 16-iyun kuni o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
Suyakli mol go‘shti
1 kilogramm suyakli mol go‘shtining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan (45 000 so‘m).
Suyakli mol go‘shtining maksimal narxi esa, Toshkent shahrining Farhod dehqon bozori va Mirobod dehqon bozorida kuzatildi (xususiy tadbirkorlar rastalarida 68 000 so‘m). Shu bilan birga, mazkur bozorlarda tashkil etilgan arzonlashtirilgan rastada mol go‘shti minimal 46 000 dan – 55 000 so‘m oralig‘ida sotilmoqda.
Qo‘y go‘shti
Qo‘y go‘shtining minimal narxi (50 000 so‘m) kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining Nukus dehqon bozori va Toshkent shahrining Farhod dehqon bozorshdagi arzonlashtirilgan rastalarda ro‘yxatga olingan.
Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida (xususiy tadbirkorlar rastalarida 80 000 so‘m) kuzatildi. Shuningdek, ushbu bozorda qo‘y go‘shti minimal 60 000 so‘m oralig‘ida sotilmoqda.
Kartoshka
Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va Farg‘ona shahrining Markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan savdo rastalarida sotilayotgan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (1 500 so‘m) qayd etilgan.
Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (7 000 so‘m) qayd etildi. Bozorda arzonlashtirilgan rastada sotilayotgan kartoshkani minimal 4 000 so‘mga ham xarid qilish mumkin.
Piyoz
Piyoz mahsulotining minimal narxi Termiz shahrining “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”da (750 so‘m) ro‘yxatga olindi.
Maksimal narx sifatida esa, Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 000 so‘m). Shuningdek, bozorda piyozni minimal 1 500 so‘mga ham xarid qilish mumkin.
Sabzi
Sabzi mahsulotining minimal narxi Buxoro shahrining Buxoro markaziy dehqon bozorida (3 000 so‘m) qayd etilgan. Shu bilan birga, mazkur bozorda sabzini maksimal 9 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori hamda Toshkent shahrining Farhod dehqon bozorida sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (11 000 so‘m) qayd etildi. Shu bilan birga, mazkur bozorlarda sabzini minimal 9 000–10 000 so‘mdan xarid qilish mumkin.
Tuxum
Toshkent shahrining Qo‘yliq dehqon bozorida arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (5 000 so‘m).
Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Eski jo‘va dehqon bozori va Farhod dehqon bozorida qayd etilgan (yirik saralangan tuxum 14 000 so‘m). Shuningdek, mazkur bozorlarda 10 dona mayda tuxumning minimal narxi 8 000–9 000 so‘mni tashkil etgan.
Guruch
Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining Nukus dehqon bozori, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori, Termiz shahrining "Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori"da ("Nukus-2" va boshqa mahalliy navli guruchlar 5 000 so‘m) qayd etilgan.
Maksimal narx esa, Toshkent shahrining Eski jo‘va dehqon bozorida 18 000 so‘mdan kuzatildi ("Lazer" guruch). Shu bilan birga, ushbu bozorlarda guruchning minimal narxlari 6 000 so‘mni tashkil etgan.
O‘simlik yog‘i
O‘simlik yog‘ining minimal narxi Nukus shahrining Nukus dehqon bozori, Andijon shahrining Yangi bozor dehqon bozori, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori va Guliston shahrining Guliston dehqon bozorida (mahalliy paxta yog‘i 14 000 so‘m) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorlardagi xususiy tadbirkorlar rastalarida paxta yog‘ini 15 000–18 000 so‘m oralig‘ida ham xarid qilish mumkin.
Maksimal narxi esa, Yangiyo‘l shahrining "Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori" Toshkent shahrining Oloy bozori, Qo‘yliq dehqon bozori va Mirobod dehqon bozorida (kungaboqar yog‘i 24 000 so‘m) kuzatildi. Shuningdek, mazkur bozorlarda kungaboqar yog‘ini minimal 16 000–20 000 so‘m oralig‘ida ham xarid qilish mumkin.
Shakar
Shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining Farhod dehqon bozoridagi arzonlashtirilgan rastalarda (7 300 so‘m) qayd etildi.
Maksimal narxi esa, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori, Qarshi shahrining Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori, Namangan shahrining Namangan chorsu dehqon universal bozori va Toshkent shahrining Farhod dehqon bozorida (9 000 so‘m) kuzatildi.
Shuningdek, mazkur bozorlarda shakarni minimal 7 300–8 500 so‘m oralig‘ida ham xarid qilish mumkin.
Ma’lumotlarning shakllanish jarayonida, faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan (supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan).