Vladimir Putinning Jo Bayden bilan sammitdan keyingi muhim bayonotlari

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvlar "yaxshi" o‘tganini aytdi
Sputnik
TOShKENT, 16-iyun - Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Bayden bilan muzokaralar yaxshi o‘tganini ma’lum qildi.
"Yaxshi", - dedi Putin muzokaralar bo‘lib o‘tgan villadan chiqar ekan jurnalistlarning savollariga javoban.
Rossiya yetakchisi shuningdek, ikkala davlat elchilari o‘z faoliyatiga qaytishlari mumkinligini aytdi.
Putin va Bayden sammiti - onlayn-reportaj
"Aynan qachonligi - ertami, indin - bu texnik xarakterdagi masaladir", — dedi Putin.
E’lon qilingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov va AQShning Rossiyadagi elchisi Jon Sallivan iyun oyi oxiriga qadar o‘z ishlariga qaytishlari kutilmoqda.

Ukraina haqida

Putinning aytishicha, Rossiyaning Ukraina bo‘yicha majburiyati bitta - u ham bo‘lsa Minsk kelishuvlarini amalga oshirish. Agar Kiyev shunga tayyor bo‘lsa.

Navalniy haqida

Putinning aytishicha, Navalniy ongli ravishda qo‘lga olinish uchun harakat qilgan.
"Birinchidan, u odam qonunni buzayotganini bilar edi va bu ishni ongli ravishda amalga oshirgan", - dedi Rossiya prezidenti.
Rossiyadagi tizimdan chetda bo‘lgan muxolifat haqida to‘xtalar ekan, Vladimir Putin AQSh Rossiyani o‘z dushmani va raqibi sifatida e’lon qilganini aytdi. "Agar Rossiya AQSh uchun dushman ekan, u holda Vashington Rossiyada Moskvaning rivojlanishini tiyib turadigan tashkilotlarni qo‘llab-quvvatlaydi", dedi Putin.

Rossiyadagi harbiy mashg‘ulotlar haqida

Putin Rossiyada o‘tkazilayotgan harbiy uchrashuvlar tufayli AQSh xavotirlari borasida fikr bildirdi.
Rossiya harbiy mashg‘ulotlarni o‘z hududida o‘tkazadi, xuddi AQSh singari, ammo o‘z texnikasini amerika chegarasiga tashiyotgani yo‘q, dedi RF prezidenti Vladimir Putin.
NATO sammitining qo‘rqinchli yakuni: alyans RF va MDHga soxta "ayblar" uchun tahdid qilmoqda
"Biz mashg‘ulotlarni o‘z hududimizda o‘tkazayapmiz, xuddiki Qo‘shma Shtatlar o‘z hududida ko‘plab mashg‘ulotlarni o‘tkazayotgani singari. Lekin biz Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat chegaralariga o‘z texnikamiz va shaxsiy tarkibimizni tashigan holda mashg‘ulotlar o‘tkazgan emasmiz. Afsuski, bizning amerikalik sheriklarimiz bu ishni aynan hozirning o‘zida amalga oshirishmoqda. Shu bois, bu borada amerika tomoni emas, balki Rossiya tomoni tashvish tortishi kerak", - dedi Putin.

Kiberhujumlar borasidagi ayblovlar to‘g‘risida

Go‘yoki Rossiya tomonidan bo‘layotgan kiberhujumlar to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, Putin keng jamoatchilikka ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni keltirib o‘tdi.
"Amerika manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha eng ko‘p kiberhujumlar AQSh kibermaydonidan amalga oshiriladi. Ikkinchi o‘rinda - Kanada keladi. So‘ngra - lotin Amerikasining ikki mamlakati. Va shundan so‘ng Buyuk Britaniya. Turli xildagi kiberhujumlar uyushtiriladigan mamlakatlar ro‘yxatida Rossiya yo‘q".
Kiberhujumlarning 75 % AQSh tomonidan nazorat qilinadi - Xavfsizlik Kengashi
Rossiya yetakchisining ta’kidiga ko‘ra, ular Bayden bilan birgalikda kiberxavfsizlik bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlab yuborish borasida kelishib olishgan. Putinning aytishicha, Rossiya 2020-yilda AQShdan xakerlik hujumlari haqida o‘nta so‘rov olgan va barchasiga javob qaytargan. O‘z navbatida, Vashington o‘tgan yil davomida Moskva tomonidan yo‘llangan 45ta so‘rovning birontasiga javob qaytarmagan.
RF va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydennning tor va kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuvlari umumiy hisobda 4,5 soat davom etdi.