TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida suyultirilgan gaz ortgan yuk mashinasi portlab ketdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.
Hodisa 14-iyun kuni soat 17:40 lar atrofida Urgut tumani "Kenagas" mahallasida suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan.
Fuqaro A. boshqaruvida bo‘lgan "ZIL-138 GBA SNG" rusumli avtomashina shoxobchaga gaz tushirayotgan vaqtida portlab ketgan.
Hodisa oqibatida haydovchi va gaz quyish shoxobchasining bir nafar ishchisi voqea joyida vafot etgan.
Portlash sabablarini aniqlash yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.