Natija oldindan ayon: Jeneva sammitidan keyin nima ro‘y bermaydi

Sputnik
Ertaga Jenevada Vladimir Putin AQShning navbatdagi prezidenti bilan uchrashadi – Jo Bayden u uchun Oq uy xo‘jayinlari bilan suhbat o‘tkazilgan beshinchisi bo‘ladi. 20-yildan ziyodroq vaqt ichida Putin Amerika prezidentlari bilan o‘nlarcha uchrashuvlar o‘tkazdi (uning ko‘proq kichik Jorj Bush bilan suhbatlashishiga to‘g‘ri keldi), biroq AQShning har bir rahbari almashishi bilan ikki mamlakat munosabatlari yomonlashdi, xolos. Ha, Bush Vladimir Putinning qalbini ko‘rganini aytgandi, Bayden esa Rossiya prezidenti haqida: qalbini ko‘rmayapman, qotilni ko‘rapman – lekin Amerika prezidenti familiyalari o‘zgarishidan qat’i nazar mamlakatimizga bo‘lgan munosabat yomonlashgan (“Putin bilan munosabatlarni yaxshilashga” bel bog‘lagan Trampning taajjubli ishi buni namoyon qildi, xolos).
Putin Rossiya-AQSh sammiti maqsadini ma’lum qildi
2013 yildan keyin (Snouden qochishi va amerikaliklarning Suriya bo‘ylab zarba berishdan bosh tortishi) Putinni G‘arbda dunyoning asosiy yovuziga aylantirishdi – Ukraina va Skripallar, kiberhujumlar va Navalniy “demokratiyaning asosiy tahdidiga” yangi shtrix bo‘lib xizmat qilishdi, xolos. Trampning “rus aloqalari” va “amerika saylovlariga aralashish”ning fantasmagorik tarixi amerika isteblishmentining o‘zi va dunyo haqida, Rossiya va Putin haqidagi adekvat bo‘lmagan tasavvurlarini juda yaxshi namoyon etadi. Bu sharoitlarda oliy darajadagi uchrashuv nimalarni berishi mumkin?
Muloqot maqsadidagi muloqot? Ha, bu allaqachon kam emas – ikki mamlakat munosabatlari oz bo‘lmasa 80-yillar boshidagi darajasiga yetgan bir sharoitlarda. Oddiy muloqot taqchilligi – ya’ni suhbat va muzokaralar – haqiqatdan bor, muloqat qayta tiklanganini faqat olqishlash mumkin. To‘g‘ri, bu juda og‘ir va kam samarali muloqot bo‘ladi. Biroq bu, aytishadi-ku, hech narsadan ko‘ra yaxshiroq.
Kreml ham, Oq uy ham bir necha marotaba Jeneva sammiti munosabati bilan hech qanday xom xayol va umidga berilmayotganini ta’kidlagandi – va bu haqiqat. Shunga o‘xshash pasaytirib ko‘rsatilgan kutilmalar beixtiyor keyin g‘oyat oddiy natijalarni muvaffaqiyat deb e’lon qilishga ko‘maklashadi. Lekin bu yerda gap avvalo Amerika ichki siyosiy vaziyat xususiyatlari haqida bormoqda. AQShda so‘nggi yillarda Rossiya va Putin atrofida ichki siyosiy kurash uchun juda ko‘p narsalar qalashtirib tashlangan. Hozir esa Bayden ma’muriyatiga Jeneva sammitini o‘zining muvaffaqiyati sifatida ko‘rsatish foydali bo‘ladi. Buning ustiga muzokaralarning haqiqiy mazmuni va natijasi bunda hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi – ular baribir sir bo‘lib qoladi, shunday ekan Amerika ma’muriyati ularni o‘z foydasiga talqin qila oladi. Ma’lumki, faqat ichki auditoriya uchun – “uyqu bosgan Jo”ning zaifligi va noadekvatligi ustidan kulish imkoniyati qo‘ldan chiqarmaydigan Trampning masxaralariga qarshi turish uchun.
Bayden Rossiyaning suiqasdga tayyorligini aniqlamoqchi
Shu bois Jeneva sammiti real nima berishi mumkinligi muhim emas, unda aniq nima ro‘y bermasligi muhimroq. Jenevada nima bo‘lmaydi?
Ikki mamlakat munosabatlarida jiddiy o‘zgarishlarga umid bo‘lmaydi. Chunki ham obyektiv va tobora kuchayotgan geosiyosiy ziddiyat, ham AQShdagi ichki siyosiy inqiroz (uning natijasida Rossiyaga juda ko‘p narsa ag‘darilgan) biror bir ko‘zga ko‘rinarli iliqlashuvni istisno qiladi.
Hozir ham umid yo‘q, ular Jenevadan keyin ham paydo bo‘lmaydi. Elchilarning qaytishi va diplomatik muassasalar ishidagi ayrim cheklovlarning bekor qilinishi – sammit yakuniga ko‘ra kutish mumkin bo‘lgan ikki tomonlama munosabatlardagi yagona ijobiy o‘zgarish.
Dushmanning strategik chizig‘i o‘zgarishiga nisbatan xom xayol yo‘q. Rossiyada ular aniq yo‘q. Moskva-Vashington-Pekin uchburchagi. Bu yerda AQSh Rossiya va Xitoyga qarshi “yagona demokratiya frontini” yo‘lga qo‘yishga urinib, hadeb o‘z oyog‘iga o‘q uzishda davom etmoqda.
Ukraina uchun kurash yuzasidan ham xom xayollar yo‘q – bu yerda yon berish uchun imkoniyatning o‘zi shunchaki yo‘q. Amrika elitasida oxirigacha Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun, mamlakatimizni tutib turish uchun ukrain omilidan foydalanadi, ya’ni bizni Ukrainani NATOga qo‘shilishi va tarixiy rus hududlarinining geosiyosiy tegishliligini o‘zgartirish bilan shantaj qilish va jig‘imizga tegishga urinishadi.
Tramp: Rossiya va Xitoy Bayden ustidan ochiqchasiga kulmoqda
Ukrainaning haqiqiy atlantizatsiyasining imkoni yo‘qligini tushunish Vashingtonni ortiqcha berilib ketganlikdan mahrum qilmaydi, Amerika o‘yinini yanada xatarliroq qiladi, xolos. Bir payt kelib bu ukrain davlatchilining barham topishiga olib kelishi mumkiligi amerikaliklarning umuman parvoyiga kelmaydi. Birinchidan, ular bunga unchalik ishonishmaydi, ikkinchidan esa Rossiyaga qarshi o‘yinda ukrain qartasidagi taktik foyda ularning ko‘zini ehtimoliy strategik yo‘qotishlarni ko‘rmaslikka olib keladi.
Va eng asosiysi, Jenevada nima bo‘lmaydi. Ishonch bo‘lmaydi – siz esa umuman hech qanday kelishuvlarning imkoni yo‘q. Boz ustiga ishonch har ikki tomondan yo‘q – ya’ni bu o‘ta kuchli o‘zaro his-tuyg‘u. “Ishonma va tekshirib ko‘r” bu yerda ham ish bermaydi. Bir qator masalalar bo‘yicha qarama-qarshiliklar (nafaqat Ukraina yoki Rossiya-Yevropa munosabatlari) muhim xususiyatga ega va dunyo tuzilishi va tug‘ilayotgan tinchlik o‘rnatishda Rossiya va AQShning o‘rni haqidagi mutlaqo turli tasavvurlar keltirib chiqargan.
Putin Ukraina bo‘yicha o‘z pozitsiyasini bildirdi - u Zelenskiyga qanday signallarni yubormoqda?
Ishonch, xom xayol va umidsiz munosabatlarni yo‘lga qo‘yish imkonsiz? Nega – aynan shu sharoitlarda yangi dunyo tug‘iladi. Putinning Bayden oldidagi ustunligi u buning ustida ishlashi, kelajakning namoyon bo‘layotgan tashqi ko‘rishiga strategik pul tikayotganligida, uyqu bosgan Jo esa ketayotgan dunyo tartibining umrini uzaytirishga urinmoqda.