AQSh Markaziy Osiyoda eng yirik harbiy bazani qurishni rejalashtirmoqda

Amerika navbatdagi bor Markaziy Osiyoda qurilajak harbiy baza haqida ma’lum qildi: obyekt qayerda bunyod etilishi mumkin?
Sputnik
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Markaziy Osiyodagi mamlakatlardan birida amerika harbiy bazasi qurilishi mumkin. Bu haqda Qozog‘istonga tashrifi davomida AQShning Afg‘onistonda tinchlikni qaror toptirish bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington ayni vaqtda regiondagi boshqa davlatlar bilan birgalikda amerika harbiylari Afg‘onistondan olib chiqilgach, u yerda stabil vaziyatni qo‘llab-quvvatlash va terrorizmga qarshi kurashga yo‘naltirilgan choralarni ishlab chiqish xususida muzokaralar olib bormoqda.
AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarning yarmidan ko‘pi chiqarilgani haqida bayonot berdi
"Hozirda muzokara jarayonidamiz. Shuni aytish lozimki, muzokaralar pozitiv, umidvorlik ruhida kechdi", - deya qayd etdi Xalilzod.
U MO vakillari bilan Afg‘onistondagi iqtisodiy va gumanitar, shuningdek, xavfsizlik sohalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan shart-sharoitlar haqida gaplashganini ta’kidlab o‘tdi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev va Xalilzod ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Davlatlar vakillarining fikriga ko‘ra, bu Afg‘onistonda tinchlikni ta’minlash va terroristik xurujlarning oldini olishga hissa qo‘shadi. "AQSh Qozog‘istonning ishonchli sherigidir. Biz turli sohalarda, shu jumladan savdo-sotiq va iqtisodiyot sohasida faol hamkorlik qilib kelmoqdamiz", - dedi Tokayev.
“Tolibon”* Afg‘oniston qo‘shnilarini o‘z hududiga xorijiy bazalarni joylashtirmaslikka chaqirdi
Avvalroq Amerika rasmiylari Tojikistonda harbiy baza qurish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani ma’lum bo‘lgan edi. Bu ma’lumot AQSh Piyoda qo‘shinlari muhandislik korpusi arizasida ko‘rsatib o‘tilgan edi.
Hujjatda qayd etilishicha, Vashington Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqning 20ta mamlakatida keng infratuzilmali harbiy bazalarni tashkil etishni rejalashtirmoqda. Obyektlar tarkibidan aeroportlar, avtomobil yo‘llari, kasalxonalar, elektr stansiyalari, suv quvur tarmoqlari va boshqa ko‘plab infratuzilmalar o‘rin oladi.
AQSh hukumati bundan oldin ham ko‘plab marotaba bu singari rejalar haqida e’lon qilgan, ammo ulkan rejalar amalga oshmasdan qolavergan.