AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarning yarmidan ko‘pi chiqarilgani haqida bayonot berdi

Obuna bo‘lish
O‘tgan haftalar davomida AQSh Afg‘oniston mudofaa vazirligiga oltita obyektni rasman topshirgani aytilmoqda.
TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarining yarmidan ko‘pini olib chiqdi, deb xabar berdi Amerika QK Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM).
"Markaziy qo‘mondonlik tomonidan berilgan bahoga ko‘ra, biz o‘z kuchlarimizni olib chiqish jarayonining yarmidan ko‘pini yakunladik", - deyiladi CENTCOM tomonidan tarqatilgan press-relizda.
Amerikanskie voyennie na ucheniyax NATO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.05.2021
NATO Afg‘onistondan qo‘shin olib chiqilgandan so‘ng kelgusi rejalari haqida ma’lum qildi
Relizda shuningdek, o‘tgan haftalar davomida AQSh Afg‘oniston mudofaa vazirligiga oltita obyektni rasman topshirgani va ushbu jarayonni davom ettirish niyatida ekanligi qayd etilgan.
AQSh administratsiyasi ittifoqdoshlar bilan rejalarni to‘liq muvofiqlashtirgan holda 1-may kuni Afg‘onistondan qo‘shinlarni chiqara boshlashi va bu jarayonni 11-sentabrga qadar yakunlashi haqida e’lon qilgan edi.
2020 yilda Qo‘shma Shtatlar va "Tolibon" radikal harakati Doxada 18-yil deganda birinchi marta tinchlik to‘g‘risida bitim imzolagan edilar.
Ushbu bitim 14 oy ichida yaqin sharq mamlakatidan chet el qo‘shinini chiqarishni va o‘zaro asir almashinuvidan so‘ng afg‘onlar aro muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0