Moskvaning ishonchi komil: qo‘shinlarning jangovar tayyorgarligini tekshirishdan tashqari, Pentagon boshqa yashirin maqsadlarni ko‘zlamoqda.
Aniq maqsad
Sea Breeze mashqlari 1997-yildan beri deyarli har yili Ukraina hududida o‘tkazilib kelinmoqda. Biroq bu qadar ko‘p ishtirokchilar hali bo‘lmagan. Ukraina Qurolli Kuchlari bilan birgalikda 27 davlat, asosan NATO a’zolari bo‘lgan askar va zobitlar mashq o‘tkazadi. Umuman olganda, Ukraina mudofaa vazirligi rasmiy press-relizlariga ko‘ra, manevrga 4 mingga yaqin harbiy xizmatchi, 40ta harbiy kema, kater va yordamchi kemalar, 30 ta samolyot va vertolot, shuningdek, 100 dan ortiq harbiy texnika jalb etilgan.
Rasmiy maqsad - Ukraina armiyasi va NATO qo‘shinlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish. Ssenariy bo‘yicha koalitsiya guruhi "noqonuniy qurolli guruhlar" faoliyati tufayli kelib chiqadigan "inqirozli vaziyatni barqarorlashtirishda" ishtirok etadi. "Noqonuniy bo‘linmalar" - bu DNR va LNR Xalq militsiyasining bo‘linmalari ekanligini tushunish uchun siyosatshunos bo‘lish shart emas.
Mashqning dengiz qismi - ko‘p millatli kemalar eskadrasini shakllantirish va muvofiqlashtirish, flot va quruqlikdagi kuchlar va aviatsiya o‘rtasidagi o‘zaro harakatini tashkil etish, dengiz desantidan foydalanishga qaratilgan.
Quruqlikda ular NATO standartlariga muvofiq operatsiyalarni rejalashtirish, kuch va vositalarni o‘tkazish va qirg‘oq yo‘nalishi bo‘yicha hujumni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Aviatsiya havodan razvedka olib boradi, nishonlarga zarba beradi, shuningdek qo‘shinlar va yuklarni tashiydi.
Manevrlar ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchida 28-iyundan boshlanib, qo‘mondonlik-aloqa postlari joylashtiriladi, harbiy kemalarning otradlari tuziladi va aviatsiya aerodromlarga joylashtiriladi. Ikkinchi bosqichda ittifoqdosh qo‘shinlar mavjud bo‘lgan barcha yong‘in qurollari bilan shartli rabiqning suv osti va dengiz osti kemalariga zarba beradi, yerdagi nishonlarga hujum qiladi, shuningdek, zenit va suvosti kemalariga qarshi mudofaa tashkil qiladi.
Spesnazga ishonch
Bularning hammasi Moskvani xavotirga solmaslikni ilojisi yo‘q, axir mashqlarning faol bosqichi bevosita Rossiya chegaralariga yaqinida bo‘lib o‘tadi. Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-mayor Igor Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa vazirligi Sea Breeze ni diqqat bilan kuzatib boradi va yuzaga kelayotgan vaziyatga yetarlicha javob beradi.
"Mashqlar G‘arb davlatlarining tinimsiz go‘yoki Rossiyaning janubi-g‘arbiy chegaralarida o‘z harbiy salohiyatini kuchaytirmoqda, degan ayblovlari fonida o‘tkaziladi, - dedi Konashenkov. "Bundan tashqari, NATO manevrlar bahonasida Ukraina qo‘shinlari uchun zamonaviy qurol-yarog‘, o‘q-dori va moddiy boyliklar yekazib berishni rejalashtirmoqda. Kelgusida, avvalgi yillardagi kabi, bularning barchasi Donesk va Lugansk viloyatlarida Kiyev tomonidan nazorat qilinmaydigan tumanlar yaqinida joylashgan Ukraina Qurolli kuchlari va millatchi tuzilmalarga yo‘naltiriladi".
General ta’kidlashicha, mashqlar mavqeyi va nomi jihatidan - dengiz kuchlari bo‘lsa-da, harbiy faoliyatning haqiqiy chegaralari Qora dengizning Ukraina qismidan ancha uzoqqa cho‘zilgan.
Ma’lumki, ular vazifalarni birgalikda bajarishda turli davlatlarning spesnaz bo‘linmalarining o‘zaro hamkorlikda harakat qilish, parashut va desantni vertolotlardan tushishini, shuningdek, maxsus operatsiya kuchlari askarlarining tushirish vazifalarini mashq qiladi. Kiyev "bosib olingan" Qrimda harbiy operatsiyalarni o‘tkazishga tayyorligini bir necha bor e’lon qilgandi. Shubhasiz, G‘arb ittifoqchilari buni amalda sinab ko‘rmoqchi.
Kuchni namoyish qilish
Sea Breeze — NATOning Qora dengiz mintaqasida Rossiyaga qarshi so‘nggi provokatsion huruji.
Shunday qilib, 28-may kuni Portugaliya qirg‘og‘ida Steadfast Defender harbiy-dengiz mashqlari boshlandi, u tez orada Qora dengizga ko‘chishi kerak. Birlashgan eskadraning flagmani - Britaniyaning Queen Elizabeth aviatashuvchi kemasi, u uchun bu uzoq masofali dengiz sayohati birinchi bo‘lib, manevrlarda esa jami yigirmaga yaqin kema qatnashmoqda.
Britaniyaning Daily Mail gazetasi yozishicha, ushbu mashqlar iyun oyining o‘rtalarida Jenevada rejalashtirilgan Rossiya-Amerika sammiti muzokaralariga bag‘ishlangan. Nashrning ta’kidlashicha, Vladimir Putin va Jo Bayden uchrashuvidan oldin NATO ataylab dengiz kuchini namoyish etmoqda va shu bilan Kremlga ma’lum signallarni bermoqda.
Shu o‘rinda Shimoliy Atlantika alyansi manevrlarning Rossiya bilan hech qanday aloqasi yo‘qligi, faqat G‘arbning mintaqadagi ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan deya yana bir bor va’da bermoqda. Biroq, britaniyalik jurnalistlar: bu kuchni namoyishi ekanligini ta’kidlamoqda. Brussel Qora dengizga shunchaki kuchli eskadra va 9 ming harbiy xizmatchini yuboradi. Sayyoradagi eng kuchli harbiy blokning bunday harakatlarigi reaksiyasi bo‘lishi ajablanarli emas.
Iyun oyida Belorusiya va G‘arbiy harbiy okrug poligonlarida bo‘lib o‘tadigan "Zapad-2021" Rossiya-Belarus qo‘shma mashqlariga tayyorgarlikning faol bosqichi boshlandi. Mashqlar sentabrda o‘tkaziladi. Ikki mamlakat armiyalari Ittifoq davlati hududiga potensial raqib qo‘shinlarining hujumini birgalikda qaytarishni mashq qiladilar.