TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston shifoxonalarda koronavirusga chalingan bemorlarni Issiqko‘l ildizi (akonit)dan tayyorlangan damlama bilan davolash to‘xtatildi.
Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Alimqodir Beyshenaliyev ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu klinik sinov jarayoni yakunlangani bilan bog‘liq.
“Biz damlamani yengil va o‘rta darajada kasallikka chalingan 400 nafar bemorga berdik. Klinik tadqiqotlar tugagandan so‘ng, akonit bilan davolash to‘xtatildi. Barcha olingan ma’lumotlar Rossiya va Qozog‘iston akademiklariga yuborildi. Hozir xulosani kutmoqmiz”, - dedi vazir.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida qo‘shni respublika SSV COVID-19 tashxisi qo‘yilgan 300 nafar bemor Issiqko‘l ildizi damlamasi bilan davolangani haqida ma’lum qilgandi.
Sog‘liqni saqlash vaziri matbuot anjumani paytida "uu korgoshuun" ("qo‘rg‘oshinli zahar") deb ataladigan ildizdan tayyorlangan damlamani ichdi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida kasallikning dastlabki bosqichda "Issiqko‘l ildizi" yordamida koronavirusni davolash usuli topilgani haqida post qo‘yildi edi. Keyinchalik post o‘chirib tashlandi.
Shuningdek, 20-aprelda Issiqko‘l ildizidan tayyorlangan damlamadan 63 yoshli bishkeklik zaharlangani haqida xabar berilgandi.