Barqarorlikni mustahkamlashning ishonchli vositalaridan biri vaqt o‘tishi bilan o‘zining jangovar qobiliyatini oshirib borayotgan "Iskander-M" tezkor-taktik raketa tizimi bo‘lib qolmoqda. Yangi boshqariladigan stels-raketalar, shubhasiz, ehtimoliy dushman uchun bosh og‘rig‘iga aylanishi mumkin.
Ko‘pnishonli "Iskander-M" TTRT yangi, dushman radarlari uchun ko‘rinmas o‘ta yuqori aniqlikka ega aeroballistik raketaga ega bo‘ldi, bu raketa butun parvoz davomida boshqariladi, eng murakkab manyovrlarni bajara oladi va 500 kmgacha bo‘lgan masofada nishonlarni yo‘q qila oladi.
Ko‘pnishonli "Iskander-M" TTRT yangi, dushman radarlari uchun ko‘rinmas o‘ta yuqori aniqlikka ega aeroballistik raketaga ega bo‘ldi, bu raketa butun parvoz davomida boshqariladi, eng murakkab manyovrlarni bajara oladi va 500 kmgacha bo‘lgan masofada nishonlarni yo‘q qila oladi.
Yanada mukammal boshqaruv tizimi yaratilgan, konstruksiyalarda kompozit materiallar keng qo‘llanilgan. Yangi ko‘rinmas-raketa kreyser tezligi - soatiga 7500 km (to‘rt daqiqada 500 km) va jangovar qism - parchalanadigan-fugas, kasseta va maxsus (yadroviy) ta’minotiga ega bo‘ladi.
Ilgariroq, "Iskander" jangovar zaxiralari lineykasida beshta modifikatsiyadagi aeroballistik va ikki tipdagi qanotli raketalar bor edi.
27 may kuni bo‘lib o‘tgan mudofaa mavzusidagi majlislarning birida Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Iskander" majmuasining chet eldagi analoglarga nisbatan jangovar va texnologik ustuvorligini qayd etgan edi.
NATO strateglari versiyasiga ko‘ra, "Iskander-M" TTRT S-400 "Triumf" zenit raketa tizimi va "Bastion" qirg‘oq raketa majmuasi bilan birgalikda Rossiyaning eng xavfli turdagi qurollari uchligiga kiradi.
Shu bilan bir qatorda, "Iskander" o‘zining jangovar imkoniyatlarini muntazam oshirib boradi, piyoda va dengizdagi turbovintli dvigatellarni turli jo‘g‘rofiy kengliklarda muvaffaqiyatli sinamoqda, u shuningdek, Suriya Arab Respublikasi hududida jangovar sharoitlarda sinovdan o‘tkazilgan.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, modernizatsiya salohiyati "Iskanderga" 2030-yilgacha dunyodagi eng yaxshi degan nomni saqlab qolish imkoniyatini taqdim etadi.
Sal avval RF Mudofaa vazirligi o‘nta raketa brigadalarida "Iskander-M" OTRTlarning barchasi qayta qurollantirilgani va yana uchta brigada shakllantirilayotgani haqida xabar berishgan edi.
Rossiya mudofaa sanoati har yili ikkitadan brigada komplektini chiqaradi. "Iskander-E" majmuasining eksport versiyasi (davomiyligi - 280 km) Armaniston va Jazoir qurollari safida mavjud.
Jangovar imkoniyatlar
"Iskander" dushman kuchlari guruhlarining o‘ta muhim obyektlarini - qo‘mondonlik punktlarini, zenit-raketalarni uchirish moslamalarini va yadroviy boyegolovkalarga ega o‘rta radiusdagi raketalarni, aerodromlarni, harbiy kemalarni va boshqa nishonlarni yo‘q qilish uchun mo‘ljallangan.
"Iskander-M" brigadasi majmuasi 51 mashinalardan iborat, jumladan, 12ta o‘q uzish qurilmalari, 12 ta transport-o‘qlovchi, 11 qo‘mondon-shtab va 14ta zaruriy ta’minot mashinalari. Ikki daqiqa ichida brigada 24ta raketa yordamida zarba berishga qodir (qayta o‘qlanishga qadar), kuchaytirilgan brigada zalpi – 32 raketadan iborat.
"Iskander" aeroballistik raketalari (vazni 3,8 tonna, uzunligi 7,2 m) kvazi-ballistik trayektoriyalar bo‘ylab 50 km gacha balandlikda uchadi, qanotli raketalar - relyefni aylanib, 6-7 metr balandlikda nishonga yetib boradi. Ular 500 km masofani 4 daqiqada bosib o‘tib, nishondan og‘ishuvi 1 metrdan oshmaydi. Sirtining kam aks etish qobiliyati va murakkab trayektoriya mavjud bo‘lgan va kelajakda yaratiladigan havo hujumiga qarshi mudofaa va raketaga qarshi mudofaa tizimlari uchun hech qanday imkoniyat qoldirmaydi. Raketalar 30g gacha bo‘lgan ortiqcha yuklar bilan faol manevlarni amalga oshirishga qodir, ularning harakatlanish yo‘nalishlarini oldindan aytib bo‘lmaydi. "Iskander" raketalarini ushlab qolish deyarli mumkin emas. Dunyoda boshqa biron bir operativ-taktik raketasi bunday xususiyatlarga ega emas.
"Iskanderlar"ning dengiz nishonlari bo‘ylab birinchi o‘q otishi 2020-yilning yozida Janubiy harbiy okrugda bo‘lib o‘tgan edi – bu ehtimoliy dushmanning bostirib kirish taktikasiga javob tarzida amalga oshirilgan hamda NATO qo‘shinlarining Boltiq va Qora dengiz regionlarida desant tushishlariga qarshi turli variantlar ustida ishlangan edi. Qirg‘oq majmualari sanalgan "Bal" va "Bastion bilan integrallashuvda yanada qudratli bo‘lgan "Iskander" qirg‘oq yoqasining eshelonlashgan mudofaasini mustahkamlashga va mamlakatning dengiz chegaralarini zabt etib bo‘lmas ko‘rsatkichga keltirishga qodir.
Ta’kidlash joizki, "Iskander-M" OTRT brigadasining Kaliningrad viloyatida doimiy tarzda joylashtirilishi NATOning Boltiqbo‘yi regionida harbiy faollashuvi o‘sishi bilan bog‘liq, bu Rossiyaning "sheriklarni" agressiv tayyorgarligiga javobdir.
Noraso kompleksi
O‘nta raketa brigadalari "Iskanderlar" bilan 300tagacha yuqori aniqlikdagi raketalar zalpini amalga oshirishga va o‘q otish ustanovkalar qayta o‘qlanganidan so‘ng bu zalpni takrorlashga qodir. Bu qudratli qurol agressiya uchun mo‘ljallanmagan, shunday bo‘lsada, doimo NATOdagilarning achchig‘ini keltiradi. Unga qarshi qo‘yishga hech narsa yo‘qligi uchun emas – "Iskander-M" OTRT aniqlilik, raketalarni o‘q otishga tayyorlash tezligida va boshqa xarakteristikalarda eng yaxshi chet el analoglari(Lance, ATACMS, Pluton) dan o‘zadi. AQShda esa o‘zida ishlab chiqarilgan OTRTlardan voz kechishdi, chunki uni ishlab chiqarisha olmadi.
"Iskander-M" majmuasining asosiy afzalliklari - strategik mobillik, jangovar vazifa va zarba berish maxfiyligi, uchish vazifalarini avtomatik ravishda hisoblash va kiritish, yong‘in va radioelektron qarshi choralar sharoitida jangovar topshiriqni bajarishning yuqori ehtimoli - har qanday tajovuzkor uchun yechimi yo‘q muammodir.
NATO doktrinasiga muvofiq, "Iskander-M" "kirish ta’qiqlangan zona" A2/AD (anti-access and area denial)ni yaratish uchun vosita sanaladi , alyans kuchlari o‘qqa tutish radiusi(500 km)da harakatlana olmaydi, aks holda ular "maqbul bo‘lmagan zarar" ko‘rishlari mumkin.
Bundan tashqari, yadroviy taktik zarba berish ehtimoli ham "sheriklarni" qayg‘uga soladi.
Shu bilan birga, AQSh harbiy havo kuchlari strategik bombardimonchilarining Boltiq bo‘yi bo‘ylab rejadagi parvozlari va Sankt-Peterburg yaqinidagi Boltiq poligonlaridagi o‘quv bombardimonlari odatiy ish kuniga aylandi.
AQShda o‘q uzish masofasi 5500 kmdan kam bo‘lgan yadroviy qurol nostrategik deya ataladi (ularning mantig‘ini tushunish mumkin: agar okean ustidan uchib o‘tolmas ekan, demak, u taktik qurol), ammo yevropalik ittifoqdoshlarni bu gaplar tinchlantira olmaydi.