TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari sifatida Ashxobod shahriga amaliy tashrif bilan kelgan mamlakat tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan qabul qilindi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda oliy darajadagi tashriflar doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosi yuzasidan fikr almashilgan.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan. Savdo, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, transport, energetika, mashinasozlik, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida mavjud salohiyatdan yanada to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlangan.
Bundan tashqari, Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan ham uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, transport-tranzit, suv xo‘jaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarininig bugungi holati hamda rivojlanish istiqbollari, hudulararo aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Abdulaziz Kamilov provel vstrechu s zampredsedatelya Kabineta ministrov Turkmenistana, ministrom inostrannix del Rashidom Meredovim