Yashirin yarmiya, mutlaq kuzatuv va repressiya: haqiqiy totalitar davlat kim?

Cheklanmagan harbiy, texnologik va moliyaviy quvvatga ega bo‘lgan davlat, nafaqat tashqi balkim ichki raqiblarni ham yo‘q qiluvchi totalitar davlatga aylanmoqdami?
Sputnik
Amerikaning Newsweek jurnali o‘tgan haftada AQSh dunyo bo‘ylab amalga oshirayotgan xufiyona operatsiyalar ko‘lamiga nazar soluvchi ma’lumotlarni oshkor qildi. Unda e’lon qilingan raqamlar jamoatchilikni befarq qoldirmadi. RIA Novosti xabariga asosan.
Rossiyalik mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, bugungi kunda AQShning dunyo bo‘ylab tarqalgan yashirin armiyasida 60 mingdan ortiq askar bor. Ularning aksariyati turli miqyosdagi xususiy korxonlar yoki yakka tartibda yollangan shaxslar bo‘lib, ular AQSh harbiy muassasalari bilan shartnoma asosida ishlaydi.
Kongress uchun ham Senat uchun ham ular - mutlaq ko‘rinmas. Ular nima qilsa ham ularning ortida turganlar “suvdan quruq chiqadi.”
AQSh tinch atomda urush chiqarmoqchi
Xitoy Amerikalik hamkorlarning ikkiyuzlamachiligi haddan ortiq ekaniga je’tibor qaratdi.
“AQSh siyosiy rahbarida butun dunyoga “odob-axloq darsi” berayotgan bir vaqtda, amerikaning yashirin armiyasi Jeneva konvensiyasi va barcha sivilizatsion urush olib borish qoidalarini mutlaq inkor qilmoqda. “Axir bu dunyo tartibini, inson huquqlarini buzish emasmi? AQSh tomonidan targ‘ib qilinayotgan rostgo‘ylik va adolat nima o‘zi?” – deb yozadi Weibo ismli foydalanuvchi.
Ushbu maqolaga amerikalik o‘quvchilar munosabati ham qiziq bo‘ldi, axir Newsweek tomonidan ochiqlangan ma’lumot AQSh askarining yorqin obraziga unchalik o‘xshamaydi. Pentagon askarlarining aksariyati sobiq maxsus tizimlar xodimlari bo‘lib, ular odam o‘g‘irlash, qiynoqlar va tinch aholini sud va tergovsiz o‘ldirish bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari diversiya va treaktlar ham bor. Xullas harbiy jinoyatlarning to‘liq ro‘yxati.
“Bular bilan solishtirganda Rossiya va Xitoy – havaskorlar xolos, lekin Pentagon va MRB hamma narsani ularga to‘nkashmoqda. Amerika xalqini diqqatini tortish uchun”, - deydi izoh yozganlardan yana biri.
"Newsweek davlat siri bo‘lgan masalarga burun suqishni bas qilishlari kerak”, - deb yozgan yana bir komentator.
Yana bir kishi ushbu maqolani “sotqinlik arafasidagi jurnalistika” deb atab uning chop etilganigan hayron bo‘lgan.
Aslida ushbu masala jahon hamjamiyati uchun qiziqarli. Amerika butun dunyo bo‘ylab terakt va diversiyalar uyushtirimoqda. Ularning kiberqo‘shinlari olib borayotgan axborot va ruhiy hujumlari haqida Britaniyaning The Guardian nashri 10-yil oldin yozgan edi. Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladigan “men ofitserning /shifokorning/politsiyachining qiziman/xotiniman. U yerda vaziyat mutlaq boshqacha” qabilidagi dezinformatsion xabarlar.
Shuningdek AQShning Afrikadagi ko‘rinmas maxsus kuchlari haqida Politico ham biroz oldin xabar bergan edi.
Nobel mukofoti laureati Barak Obama prezidentlik muddatining eng boshidan boshlab Yer yuzidagi muhim infratuzilma obyektlariga ommaviy hujumlar uyushtirish haqida buyuruq bergan edi.
AQSh yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti
Amerikaliklarning eng mashhur diversiyasi – Stuxnet nomli kompyuter virusini yaratish bo‘lgan edi. AQSh va Isroil razvedka xizmatlari tomonidan boshqarilgan ushbu virus Eronning yadroviy to‘yintirish moslamalari (sentrifugalarini) to‘xtatishga olib kelgan edi. Lekin ushbu virus keyinchalik butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketib butun insoniyatni xavf ostiga qo‘ymoqda.
O‘tgan yil amerikalik harbiylar Bog‘dodda Eron generali Qosim Sulaymoniyni butun dunyo ko‘z o‘ngida vahshiylarcha o‘ldirishdi. Agar ushbu ishni biror boshqa davlat amalga oshirganida, amerikaliklar uni darhol xalqaro terrorchi deb ayblashgan bo‘lardi.
Ikkinchi tomondan Newsweekdagi maqolada AQSh tomonidan yollangan kuchlar o‘zlarining jinoiy vazifalarini qanday bajarayotgani ham qattiq tanqid qilingan.
Masalan, Rossiya va Xitoyda hibsga olingan razvedkachilar misolida muallif yashirin texnologiyalar sohasidagi yangiliklar, shiflash texnologiyalari, qalbaki hujjatlar va biometriyani qalbakilashtirish haqida hikoya qilib beradi. Xullas yashirin faoliyatning bir talay ikr-chikrlarini fosh qilgan.
Bunday tafsilotlarni chop etishdan maqsad – AQSh yashirin armiyasi nafaqat butun dunyoda, balkim AQSh ichida ham, o‘z fuqarlariga qarshi ham ishlatilayotganini ko‘rsatishdir. Ushbu maqolaning olamshumulligi ham ana shunda. Muallifni nafaqat qayerdadir xorijda qurbon bo‘layotgan begona davlat fuqarolari, balkim AQSh ichida ham sodir bo‘layotgan yashirin voqealar, shaxsiy hayoti xavf ostida ekani xavotirlantirayotgani seziladi.
Demokratiyani o‘rgatishadi. AQSh ishga aralashuv usullarini belgilab oldi
Uilyam Arkin maqolasida Merilend shtatida joylashgan bir xususiy korxona haqida so‘z yuritladi. Ular sanoat ko‘lamida qalbaki hujjatlar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Haydovchilik guvohnomasidan tortib, bank hisob raqamlari, kredit tarixi – xullas ular yashirin armiya uchun har qanday kerakli hujjatni yasab berishlari mumkin. Jarayonda Davlat departamenti, banklar, hukumat muassaslari, sug‘urta kompaniyalar va mudofaa vazirligi ham ishtirok etadi.
Arkin aytishiga ko‘ra, qalbaki guvohnomalar egalari AQSh ichida ham faoliyat olib borishini ta’kidlagan. O‘quvchida o‘z o‘zidan savol paydo bo‘ladi: “Bayden ma’muriyati ushbu yashirin armiyani o‘z siyosiy raqiblariga – “ekstrmistlar” va “oq suparmasistlarga” qarshi ishlatmasligiga ishonsa bo‘ladimi?
So‘nggi vaqtlarda amerikaliklarning hukumatga savollari juda ko‘p. Mamlakatda qotilliklar soni keskin oshmoqda. Ularning aksariyati ochilmay qolmoqda. Qurbonlar orasida oddiy fuqarolar, jurnalistlar va siyosiy faollar hamda olimlar ham bor.
O‘tgan yil yozda Miluokida siyosiy faol fuqaro, Donald Trampning qora tanli tarafdori Berni Tremell otib o‘ldirildi. Uning qotili haligacha topilmadi. Oradan bir oy o‘tib “anitfa” vakili Portlandda yana bir Tramp tarafdorini o‘ldirdi. Tramp uchun ovoz bergan Eshli Bebbitni politsiya 6-yanvar kuni Kapitoliy yaqinida otib o‘ldirdi.
Keyingi kuni yana bir Tramp tarafdori Kristofer Stenton Djordjiya o‘z joniga suiqasd qildi. Kutilmaganda Kapitoliyni qo‘riqlagan politsiyachi - Govard Libengud ham o‘zini otib qo‘ydi. O‘tgan yilning iyun oyida 39 yoshli jurnalist Djes Uoters o‘zini osdi. Bir haftadan so‘ng MRB bosh tahlilchisi, 52-yoshli Entoni Shinellani kimdir otib ketdi.
2018 yilda kutilmaganda butun dunyoda taniqli fizik olim Stenford professori, innovator va multimillioner Jen Shuchen o‘zini o‘ldirdi. Bir yarim yildan so‘ng Pittsburgda taniqli virusolog Bin Lyu otib o‘ldirildi. Bin Lyu – koronavirusni o‘rgangan olimlardan biri edi. G‘alatisi – uning qotili ham o‘z joniga qasd qilgan. Ommaga esa - uni “rashkchi xushtor” o‘ldirgan deb e’lon qilishdi. Ha, nima ham derdik, xitoyliklar “o‘zi shunaka”.
Agar ushbu qotilliklarga, odatdagidek jurnalistlar e’tibori jalb qilinsa, jamiyat xavotirga tushsa hammasiga “notinch vaziyat” va AQShda aholi qo‘lida qurol ko‘pligiga yo‘ysa bo‘lardi. Lekin ushbu qonli jinoyatlar mutlaq jim-jitlikda, xuddi oddiy holdek amalga oshirilmoqda.
Boshqa davlat muxolifatchilari AQSh tashqi siyosatining ustuniga aylanishi kerak
Tashqi beligilariga ko‘ra, bu xuddi repressiyaga o‘xshaydi. Sodir bo‘layotgan “suiqasdlar” esa – maxsus xizmatlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilgan “yo‘q qilish” operatsiyasini eslatadi.
Lekin bularning bari uchinchi davlatlarda tinch aholining ommaviy qirish va 11-sentabr voqealari oldida – shunchaki holva.
Aholi orasida ushbu qotilliklar aslida harbiylar tomonidan sodir etilgani va ularni o‘zi ham operatsiyadan “tozalangani” va shaxsi o‘zgartirilgani aytilmoqda. Ehtimol aslida bunday emas, lekin Arkinning maqolasi maxsus xizmat xodimlarining ulkan imkoniyatlari haqida tasavvur beradi.
Lekin bu ishlarni o‘rganish – o‘ziga go‘r qazish bilan barobar. 11-sentabr voqealarini ommaviy tanqid qilgan jurnalist Maykl Rupert 2014-yilda o‘z joniga qasd qildi. Oradan ikki yil o‘tib yana bir “rejim tanqidchisi”, jurnalist Viktor Torn ham “o‘z ixtiyori bilan hayotdan ko‘z yumdi”.
Shu bilan birga, xuddi xalq ustidan kulgandek, AQSh ichki xavfsizlik vazirligi mamlakatga xavf solayotgan eng katta kuch – “oq supermasistlar”, ya’ni Amerikaning oq tanli erkaklari deb atadi.
Newsweek maqolasi ostidagi izohlardan biri bilan rozi bo‘lmasdan ilojimiz yo‘q - “bizning hukumat <…> xalq uchun, boshqa barcha hukumatlarnni birlashtirsa ham, ulardan ko‘ra xavfliroq”.
“AQSh davlati – bu bir necha oilalar tomonidan boshqarilayotgan fashistlar diktaturasi. Ulkan yashirin armiya, barcha sohani qamrab oluvchi kuzatuv va nazorat tizimlari – xuddi o‘tgan zamon totalitar davlatlaridagidek”, - deb yozgan yana bir kommentator.