TOShKENT, 18-may — Sputnik. Rossiyalik sayyohlarning joriy yil yoz mavsumida O‘zbekistonga sayohat qilishlariga reyslar soni va chiptalar narxi xalal bermoqda. Bu haqda Rossiya turoperatorlari birlashmasi (ATOR) ijro etuvchi direktori Mayya Lomidze “Rossiya segodnya” matbuot markazidagi onlayn konferensiyada ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rossiyalik sayyohlar O‘zbekistonga sayohat qilishni rejalashtirishmoqda, ammo yaqin vaqt ichida emas. Respublikada dam olishga bo‘lgan talabni ikkita omil kamaytirmoqda.
“Bu mamlakatga bo‘lgan qiziqish katta. Hamma ham xavfsiz ekzotikani xohlaydi, lekin hozirgi O‘zbekistonga bo‘lgan reyslar soni va chiptalar narxi bu yo‘nalishdagi istiqbolni to‘xtatib qo‘ymoqda”, - deya tushuntirdi Lomidze.
Rossiyalik ekspertning ta’kidlashicha, chiptalar narxi arzonroq bo‘lganda, O‘zbekiston 2021-yil yoz mavsumida turizm sohasida muvaffaqiyatga erishgan bo‘lardi.