TOShKENT, 17-may — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy haftada Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifingda ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bundan tashqari, prezident hafta davomida Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari Anna Byerdeni qabul qiladi.
Shavkat Mirziyoyev ilk bor o‘tgan yili 11-dekabr kuni Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining videoanjuman shaklidagi yig‘ilishida ishtirok etgan edi. O‘shanda yig‘ilish yakunida YeOIIga a’zo mamlakatlar yetakchilari O‘zbekistonga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida bir ovozdan qaror qabul qilgan edi.
Aprel oxirida Qozon shahrida O‘zbekiston YeOII Iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandum imzoladi. Memorandum doirasida YeOII Iqtisodiy komissiyasi O‘zbekiston hukumati bilan savdo siyosati, bojxona-texnik nazorati, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, dori vositalari va tibbiy buyumlar oboroti, moliya bozori, transport va energetika sohalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.