Urushga taklifnomami?: Afg‘oniston MO davlatlariga "maxsus kuchlar do‘stligi"ni taklif qildi

Afg‘onistonda “AQShdan so‘ng” tinchlik o‘rnatish uchun maxsus vositalar, shu jumladan kuchlarni talab qiladi.
Sputnik
Kobuldagi maxsus operatsiyalar xalqaro markazi (SSO) loyihasi, agar kelishmovchiliklar hal etilib, bir necha davlatlar maxsus kuch bo‘linmalarining vositalari va imkoniyatlarini muvaffaqiyatli integratsiya qilsa, umidli ko‘rinadi.
AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqib ketishi va “Tolibon” bilan jangovar to‘qnashuvlar jadallashgani fonida hukumat armiyasi maxsus operatsiyalar korpusi (ANASOC) qo‘mondoni, general Muhammad Farid Ahmadi qo‘shni davlatlarga terrorchilikka qarshi kurashish yo‘lida umumiy (xalqaro) maxsus kuchishlatar bo‘linmalari bazasi amaliy harakatlarni birlashtirishni taklif qildi.
Bunday vosita Afg‘oniston hududida mujohidlarning hujumini samarali qaytarish va terrorchilik guruhlarining Markaziy va Janubiy Osiyodagi qo‘shni davlatlarga migratsiyasini to‘xtatish imkonini berardi. Bundan tashqari, milliy CSO bonus sifatida katta jangovar tajribani olishi mumkin.
Pentagonga nega Markaziy Osiyoda joy yo‘q
General Ahmadining tashabbusi shubhasiz juda ko‘p to‘siqlarga uchraydi, ma’lumki, O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston qurolli kuchlari maxsus kuchishlatar bo‘linmalarini rivojlantirishga katta e’tibor bermoqda va katta salohiyatga ega. Ehtimol, Rossiya ham Afg‘oniston xalqaro loyihasiga qo‘shilishi mumkin, Suriya Arab Respublikasida “mutaxassislar” katta tajriba to‘plagan.
Holbuki, 2020-yil 29-fevralda AQSh va “Tolibon” kelishuvi shartlariga asosan ozod etilgan 5000 nafar tolibdan ko‘pchiligi jang maydoniga qaytib kelishdi va amerikaliklar va NATO davlatlaridan ularning ittifoqchilarini mamlakatdan iloji boricha tezroq siqib chiqarishga harakat qiladi.
Toliblar bahorgi hujumini davom ettirmoqda, davlat xavfsizlik kuchlari va fuqarolik infratuzilmasi inshootlariga yanada shiddat bilan zarba bermoqda. 8-may kuni Kobulda eng og‘ir terrorchilik harakatlaridan biri yuz berdi - maktab yaqinidagi portlash oqibatida 75 nafar o‘quvchi-qizlar halok bo‘ldi, 190 kishi yarador bo‘ldi. Avvalroq, Puli-Alam shahrida (Logar provinsiyasi) sodir etilgan teraktda 100 nafardan ortiq abituriyent jabrlandi.
12 may kuni Kobul viloyatida haftada 3-chi marta O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiya yetkazib beradigan LEP portlatib yuborildi. Terrorchilarning o‘rta asrlik jaholatparastligiga qarshi mos javobni talab qiladi, ammo Pentagon va NATO jangovar operatsiyalar bilan ishi yo‘q, ular Afg‘onistondan haqiqatan qochib ketishmoqda. 100 dan ortiq harbiy transport samolyot reyslarni amalga oshirilmoqda. Amerikalik qo‘shinlar 1-may kuni olib chiqishni boshlandi va 12 foizga bajarildi.

Integratsiya ehtimoli

Afg‘on milliy armiyasi terrorizmga qarshi kurash uchun eng muhim resurs hisoblanadi. Mintaqaviy barqarorligini ta’minlash uchun AQSh va NATO qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin uni saqlab qolish juda muhimdir.
ANASOC qo‘mondoni, general Ahmadi (Razan Oliy havo-desant qo‘mondonlik bilim yurti bitiruvchisi) Afg‘oniston spesnaz kuchlarining - milliy qurolli kuchlarning eng jangovar kuchga ega bo‘lgan turi deb alohida ajratadi, va maxsus operatsiyalar kuchi - davlatning asosiy kuchi deb hisoblaydi. Biroq, “Tolibon” jangarilari Afg‘oniston maxsus kuchlarining o‘nlab harbiy xizmatchilarini yakson qilib keladi.
Faraziy jihatdan Markaziy Osiyo qo‘shni davlatlari Kobulda fuqarolik urushining yangi burilishida o‘z maxsus kuchlari bilan sezilarli ravishda yordam berishlari mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining maxsus operatsiyalar kuchlari vakillari Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan nufuzli xalqaro "mutaxassislar" Cambrian patrol-2019 musobaqalarida g‘alaba qozonishdi. Va bu ajablanarli emas.
“Tolibon”* Afg‘oniston shimolini nazoratga olmoqda – Markaziy Osiyo xavf ostida
SSSRdan meros sifatida respublikada SSSRning afg‘on mojarosida qolgan 15-chi maxsus kuchishlatar bo‘linmasi (GRU) qoldi. Keyinchalik O‘zbekiston spesnaz bo‘linmalari Rossiya, AQSh, Britaniya, Turkiya, Germaniya, Italiya va boshqa "mutaxassislar" tajribasidan foydalandi.
O‘zbekiston va Rossiya maxsus operatsiyalari kuchlari muntazam qo‘shma mashq o‘tkazishadi. Mudofaa vazirligi tarkibida 17-desant-shturm brigadasi, tezkor javob kuchishlatar bo‘linmasi, Sharqiy harbiy okrugning maxsus operatsiyalari bataloni mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining spesnazi ham katta salohiyatga ega.
Tojikiston maxsus kuchishlatar qo‘shinlarining asosini 7-desant-shturm kuch brigadasi tashkil qiladi. Ichki ishlar vazirligi tarkibidagi spesnaz brigadasi va DMXQ tarkibidagi “Alfa” borligi ma’lum. Bundan tashqari, Tojikistonda 201-Rossiya harbiy bazasi joylashgan, 2017-yildan beri vaqti-vaqti bilan birgalikda manevrlar paytida Rossiya SOS bo‘linmalari bilan birgalikda qo‘yilgan vazifalarni bajarishadi.
Ko‘pincha Qozog‘iston va Qirg‘iziston maxsus operatsiyalari kuchlarida hamkorlik qiladi. Tog‘li hududda shartli raqibni qo‘rshab olish va yo‘q qilish, maxsus razvedka vazifalarni hal qilishadi.
Markaziy Osiyo davlatlari maxsus operatsiya kuchlarini qo‘llash bo‘yicha qarorlar eng oliy darajada qabul qilinadi. Afg‘onistonda bir qator davlatlarning bo‘linmalari va maxsus kuchishlatar kuchlarining integratsiyasi bo‘lishi mumkin, ammo dargumon. Hatto jamoatchilik fikrini qo‘llab-quvvatlovini hisobga olganda ham.

Bajarib bo‘lmas missiya

“Spesnaz do‘stligi” g‘oyasining rahnamosi - AQSh prezidentining maxsus vakili Zalmay Xalilzad, u o‘tgan haftada Toshkent, Doha, Dushanbega tashrif buyurdi – maqsad Kobulda respublika hukumatini xalqaro qo‘llab-quvvatlash uchun jalb qilish (mobilizatsiya).
Nuqtalar tasodifiy emas. Doha toliblar bilan muzokaralar platformasi. Dushanbe va Toshkent - Afg‘oniston bilan qo‘shni bo‘lgan respublikalarning poytaxti. “Tolibon” chegaraoldi shimoliy viloyatlarni o‘z nazoratiga olish uchun harakat qilmoqda. AQSh va NATO qo‘shinlari olib chiqilgandan so‘ng ushbu zonalar ustidan nazorat qarama-qarshi tomonlar uchun yanada muhimroq bo‘ladi. Terrorchilik faoliyati Tojikiston va O‘zbekiston hududiga o‘tishi ehtimoli katta, bu davlatlarning ko‘plab fuqarolar “Tolibon”* va “Islom davlati” safida jang qilmoqda.
Xalilzadning missiyasini bajarsa bo‘ladimi?
Tojikiston Markaziy Osiyoda Afg‘oniston bilan eng uzoq chegaraga ega - 1300 kmdan ko‘proq, bu MDHning janubiy chegarasi hisoblanadi. Eslatib o‘taman, sovet davrida tojik-afg‘on chegarasini 25 ming “yashil furajkalilar” qo‘riqlagan, SSSR parchalanib ketgandan so‘ng 2005-yilgacha Tojikistonning janubiy sarhadlariga 19 ming kishilik Rossiya Chegara qo‘shinlari tezkor guruhi javob bergan.
AQSh Markaziy Osiyoda harbiy baza uchun joy izlayapti. Pentagon O‘zbekistonni tanlaydimi?
Keyinchalik ularni 16 ming tojik chegarachilari almashtirdi. Masalaning mohiyati harbiy xizmatchilarning sonida emas. Chegaraning har bir kilometrini zamonaviy standarlar asosida jihozlash uchun 1 mln dollar kerak. Bunday pul yo‘q, ammo chegaralarni himoya qilish uchun kuch va vosita hozircha yetarli.
ODKB tizimiga integratsiya qilingan Tojikiston Mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalarini Afg‘onistonning biron bir joyda SSO doirasida masalan, Xitoy, Pokiston, Eron va boshqa davlatlar hamkorlik qilishi bugun norealistik ko‘rinadi. Bu muhim siyosiy qarorlarni va dastlabki tayyorgarlikni talab qiladi.
Toshkent KXShT liniyasi bo‘yicha majburiyatlar bilan bog‘langan emas, va kollektiv xavfsizlik voqeligini hisobga olgan holda yaqin atrofdagi qo‘shnilar bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda.
O‘zbekistonning mudofaa sohasidagi siyosati mamlakatning qurolli kuchlari bilan tinchlikparvar operatsiyalarda va xorijdagi harbiy mojarolarda qatnashmaslik tamoyiliga asoslanadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston - Afg‘onistonda milliy manfaatlarni ilgari surish strategiyasi qabul qilingan yagona Markaziy Osiyo respublikasidir. Afg‘oniston va O‘zbekiston xavfsizligi – chambarchas bog‘liqdir, deb ta’kidlaydi Toshkent. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari instituti ta’sis etilgan, u asosiy mintaqaviy o‘yinchilar - Rossiya, Xitoy, Eron, AQSh vakillari bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Rus-tojik qo‘shma harbiy mashqlar – Afg‘onistondagi jihodchilarga ogohlantirish
Toshkentda yozda Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi, unda Markaziy Osiyo davlatlari yuqori amaldorlari mintaqaviy xavfsizlik choralarini muhokama qiladi. O‘zbekiston “Amerika qo‘shinlari chiqib ketgandan so‘ng” Afg‘onistonning transport-iqtisodiy salohiyatidan faol ravishda foydalanmoqchi, buning uchun ham rasmiy Kobul, ham toliblar bilan xavfsizlik kafolatlari haqida muzokaralar olib borishga tayyor.
Har bir davlat o‘z milliy cheklovlar yoki xususiyatlariga ega. Mavjud harbiy-siyosiy voqelikda Markaziy va Janubiy Osiyo qo‘shni davlatlarining hukumatlari Afg‘onistondagi ko‘plab partizan bo‘linmalari bilan o‘zoq muddatli jangovar harakat olib borishdan ko‘ra, g‘olib (u kim bo‘lishidan qat’iy nazar) bo‘lgan bilan tinch muzokaralar olib borishga moyil.
Pokiston armiyasi bosh qo‘mondoni, general Kamar Javed Bajva 11-may kuni afg‘on mojarosi harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini tasdiqladi. 12-may kuni Xitoy Markaziy Osiyo mamlakatlarini Afg‘onistonda tinchlik jarayonini targ‘ib qilishga chaqirdi.
Terrorchilik ekspansiyasining aniq tahdidlari, ya’ni "Islom amirligi"ning Afg‘oniston tashqarisiga kengayishi (“Tolibon” buni rad etmaydi) oldida - Janubiy va Markaziy Osiyo davlatlari Kobulda maxsus operatsiya kuchlarining mintaqaviy yetakchi tajriba markazini tashkil etish g‘oyasi amalga oshirilishi mumkin.
* RFda taqiqlangan terrorchilik tashkilot