Samarqand va Namangan viloyatlarida aholini “Sputnik V” bilan emlash boshlandi

Samarqanddagi 4-sonli oilaviy poliklinika fuqarolar “Sputnik V” bilan emlana olishi mumkin bo‘lgan yagona tibbiyot muassasi bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 12-may — Sputnik. O‘zbekistonning Samarqand va Namangan viloyatlarida aholini koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” bilan emlash boshlandi.
STV telekanali xabariga ko‘ra, Samarqanddagi 4-sonli oilaviy poliklinika fuqarolar “Sputnik V” bilan emlana olishi mumkin bo‘lgan yagona tibbiyot muassasi bo‘ladi. Birinchi bosqichda Rossiya vaksinasini 65 yoshdan katta aholi va tibbiyot xodimlari, surunkali kasalligi bor fuqarolar tanlashi mumkin.
4-sonli oilaviy poliklinikaga “Sputnik V” vaksinasining 900 dozasi keltirilgan. Uni saqlash va transportirovka qilish uchun barcha sharoitlar muhayyo qilingan.
Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati ham hududda “Sputnik V” vaksinasi bilan emlash boshlangani haqida xabar qildi. Birinchi bosqichda COVID-19 ga qarshi emlanishi lozim bo‘lgan 65 yoshdan katta aholi va tibbiyot xodimlari hamda o‘qituvchi, MTT xodimlari, surunkali kassalligi bor aholini emlash ishlari davom ettirilmoqda.
Bu aniq “Sputnik V”mi?: Rossiya vaksinasi Toshkentda emlanuvchilarni hayratda qoldirdi
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 7-maydan “Sputnik V” vaksinasi hududlarga yetkazib berilishi jarayoni boshlangan edi.
O‘zbekistonda 1-apreldan buyon shu kungacha jami 1 236 240 doza vaksinadan foydalanilgan. Ulardan 1-bosqich emlanganlar 1 078 618, 2-bosqichda emlanganlar 157 622 nafarni tashkil qilmoqda.