TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Qarshida ular ulkan bayroqni o‘rnatishga 1,35 milliard so‘m sarflash fikridan voz kechildi, deb xabar qildi Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.
Ta’kidlanishicha, muhokamalarga sabab bo‘layotgan bayroq o‘rnatilishiga viloyat hokimi Zoyir Mirzayev munosabat bildirdi.
Bu mablag‘ Qarshi shahridagi 136-sonli oilaviy yotoqxonani ta’mirlashga sarflanadi, dedi Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev.
“Ustun masalasiga kelsak, biror homiy tomonidan ixtiyoriy qo‘llab-quvvatlansagina quriladi. Davlat budjetidan mablag‘ sarflanmaydi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Qarshi shahrida balandligi 62,5 metrga teng davlat bayrog‘ini o‘rnatish rejalashtirilgani haqida xabar internetda qizg‘in muhokamaga sabab bo‘lgandi.
Davlat bayrog‘ining birgina ustunini bunyod etishga 1 mlrd 350 mln so‘m mablag‘ sarflash rejalashtirilgandi.