TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Rossiya FXX Smolensk viloyati bo‘yicha chegara boshqarmasi xodimlari Krasninskiy tumani Lonnitsa qishlog‘i yaqinida davlat chegarasini piyoda kesib o‘tmoqchi bo‘lgan Markaziy osiyolik migrantlarni qo‘lga oldi.
Jami 22 kishi qo‘lga olindi. Noma’lum shaxs migrantlarni Belarus hududidan Dnepr darosi orqali qayiqda olib o‘tgani aniqlandi. Ular Moskva viloyatiga borishni rejalashtirishgan edi.
Shuningdek, Monastirshinskiy tumanining Dubrovka qishlog‘i hududida chegarachilar Belarus hududidan kelayotgan 2ta mikroavtobus to‘xtatildi. Mikroavtobusda 15 nafar chet el fuqarosi va bir nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lgan. Tekshiruv davomida fuqaroligi bo‘lmagan shaxsda Rossiyaga kirish uchun taqiq qo‘yilgani aniqlandi.
FXX Smolensk viloyatidagi chegara boshqarmasi matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘tgan hafta dam olish kunlari davomida chegara boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qilish idoralari bilan hamkorlikda chegara rejimini buzgan 180 nafardan ziyod fuqaro qo‘lga olindi. Fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilib, qo‘shni davlat hududiga qaytarilgan.