TOShKENT, 23 apr – Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov tojikistonlik hamkasbi Koxir Rasulzoda bilan Xo‘jandda uchrashadi. Bu haqda Tojikiston TIV xabariga tayangan holda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.
“Dushanbe va Xo‘jandda qator masalalarda tojik-o‘zbek muzokaralari bo‘lib o‘tadi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, ayni vaqtda Dushanbega O‘zbekistonning turli vazirliklari va idoralari vakillaridan iborat ekspertlar delegatsiyasi yetib borishgan.
Rejaga ko‘ra, yaqin kunlarda Tojikiston va O‘zbekiston savdo-iqtisodiy, transport, suv-energetika xarakteridagi masalalarni muhokama qiladilar.
Bundan tashqari, Aripov va Rasulzoda sanoat, qishloq xo‘jaligi singari sohalarda hamkorlikni muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Ekspertlar ishi natijalari Tojikiston va O‘zbekiston bosh vazirlarining 24-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi davomida taqdim etiladi.
Koxir Rasulzoda va Abdulla Aripov Xo‘jandda, shu jumladan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qilish uchun ham uchrashishadi.
Mirziyoyevning Tojikistonga rasmiy tashrifi taxminan 2021-yil iyun oyining birinchi yarmiga rejalashtirilgan.
Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, bosh vazirlar bo‘lajak yuqori darajadagi tadbir dasturini, shu jumladan mamlakatlar o‘rtasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar loyihalarini muhokama qilishlarini xabar qilgan.