Qashqadaryoda “Nexia” gaz balloni portlashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Sputnik
TOShKENT, 22 apr — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida “Nexia” avtomobiliga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Hodisa bugun, 22-aprel kuni soat 07:07 da “Istiqlol” MFYda joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan.
Andijonda gazdan portlash sodir bo‘ldi - jabrlanganlar bor
Portlash oqibatida bir fuqaro halok bo‘lgan. Shoxobchaning 1 nafar ishchisi esa tan jaroati olgan. Jabrlangan ishchi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.
Ayni vaqtda tegishli organ hodimlari holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.