Deportatsiya yoki afv: o‘zbekistonlik migrantlarni 15-iyundan keyin nimalar kutapti

Pandemiya davrida Rossiya hukumati o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlar sabab vataniga qayta olmagan xorijliklarni ahvolini tushunib, barcha zaruriy hujjatlar muddatini uzaytirdi. Biroq bu cheksiz davom etishi mumkin emas.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr — Sputnik. Anna Cherkasova. Rossiya IIV MDH davlatlari vakillariga Rossiyada tegishli hujjatlarsiz bo‘lib turgan fuqarolari o‘z maqomini qonuniylashtirishi zarurligini eslatdi. 15-iyundan keyin – migrantlar uchun berilgan muddatdan keyin – noqonuniy migrantlar chiqarib yuboriladi. Xalq tilida aytadigan bo‘lsak, deport qilinadi.
Bir tarafdan, Rossiyada umumjahon lokdauni va pandemiya sabab qator sohalar yo‘qotgan ishchi kuchi yetishmasligi o‘ta sezilmoqda. Boshqa tarafdan, mutaxassislarni qonuniy ravishda tashkillashtirilgan va to‘liq oshkora saralab olish meyorlari mavjud. Soyada qolgan va Rossiyada ro‘yxatdan o‘tishga shoshilmayotgan qolgan barchaning esa o‘z maqomini belgilab olish uchun ikki oy vaqti qolgan. Tanlov unchalik katta emas: qonunga binoan hujjatlarni rasmiylashtirish yoki mamlakatni yaqin kunlarda ishlashga qaytib kelish kafolatisiz tark etish. Zero ikkita huquqbuzarlik sodir etgan chet elliklar qora ro‘yxatga tushadi.
Nolegal migrantlar Rossiyadan 15-iyunga qadar chiqib ketishlari kerak – IIV
O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan 200 ming nafardan ziyod vatandoshlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlardan ogohlantirdi. Qonunga rioya qilgan holda hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan tushuntirish va chorlash ishlari olib borilmoqda.
Birinchi navbatda kimlarga deportatsiya xavf solmoqda, bir necha yuz ming nolegallarni vatanga qaytarish masalasini qanday hal etish mumkin va Rossiyada hozirgacha noqonuniy bo‘lib turgan fuqarolar nima qilishi zarur - bu savollar bilan Sputnik migratsiya sohasidagi mutaxassislarga yuzlandi.

Muddat tugagandan keyin birinchi navbatda kimlar mamlakatdan chiqarilib yuborilishi mumkin

Migratsiya tadqiqotlari markazi eksperti, migratsiya huquqlari sohasidagi mutaxassis Dmitriy Mixaylov IIV ular haqida bot-bot eslatayotgan kimlarni “nolegal migrantlar” safiga qo‘shish zarurligiga aniqlik kiritdi.
Mening tushunishim bo‘yicha gap umuman Rossiyada amaldagi migratsiya qonunchiligiga xilof ravishda bo‘lib turgan chet ellik fuqarolar haqida bormoqda: pandemiya vaqtida yopiq IIV va boshqa idoralar sabab Rossiyada bo‘lib turishini qonuniylashtira olmagan xorijliklar; pandemiyaga qadar Rossiyada noqonuniy bo‘lgan shaxslar, jumladan, soxta ma’lumotlar bilan kelgan xorijliklar.
Dmitriy Mixaylov
Migratsiya tadqiqotlari markazi eksperti
Ekspertning fikriga ko‘ra, Rossiya tomoni xorijliklarni olib chiqishga oid yirik xarajatlarni o‘z zimmasiga ololmaydi va tayyor emas. Shuningdek, maxsus joylar barcha nolegallarni qabul qilishga qodir emas.
“Keyinchalik Rossiyaga kirish taqiqini qo‘yib, ommaviy ravishda O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarga chiqarib yuborish u yerda o‘z fuqarolarini qaytarish uchun mexanizm va mablag‘ bo‘lmagan butun Markaziy Osiyo mintaqasidagi iqtisodiy vaziyatni jiddiy og‘irlashtiradi. Tushuntirish ishlari, xorijlik idoralar tomonidan nolegal fuqarolariga xatlari ro‘yxatga olingan manzil bo‘yicha jo‘natiladi. Amalda 99 foiz xorijliklar ro‘yxatga olingan joyida yashamaydi, shu uchun ularga xabar yetib bormaydi”, - deydi Dmitriy Mixaylov.
Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilindi
O‘z navbatida Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari bo‘yicha kengashining migratsiya komissiyasi raisi Yuriy Moskovskiyning ishonchi komilki, migratsiya inqirozidan chiqish uchun say’-harakatlarni birlashtirmoq zarur.

2021 yil 15-iyundan keyin migrantlar uchun nimalar o‘zgaradi

Huquqshunos, migratsiya bo‘yicha ekspert Botirjon Shermuhammad Sputnik bilan suhbatda 2020-yil aprel oyida chiqqan Rossiya prezidentining birinchi farmonida migrantlarni 2020-yil 15-iyungacha chiqarib yuborish mumkin emas degan bandi bo‘lganini eslatdi. Bu hujjatning amal qilish muddatini uzaytirishda bu band chiqarib tashlangan. Demak, ko‘rsatilgan sanadan boshlab asos bo‘lgan taqdirda mehnat migrantlarini shundoq ham chiqarib yuboraverishgan.
Tubdan hech narsa o‘zgarmayapti. Shunchalik Rossiya prezidenti farmoni asosida tasdiqlangan imtiyozlar o‘z nihoyasiga yetmoqda. Hozir registratsiya muddati o‘tgan yil mart oyida tugagan va uzaytirilmagan kishi Rossiya hududida 2021-yil 15-iyunga qadar vaqtincha bo‘lib turishi mumkin. Shundan so‘ng registratsiya muddatini patentga ega bo‘lgan taqdirda uzaytirish mumkin, xolos.
Botirjon Shermuhammad
Huquqshunos, migratsiya bo‘yicha ekspert
O‘zbekiston va MDH davlatlarining o‘z fuqarolarini qaytarish bo‘yicha imkoniyatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu yerda ekspertlar o‘xshash fikrlarni bildirishdi: Markaziy Osiyo mamlakatlarining bugungi kunda shuncha fuqarolarini qabul qilish va ishga joylashtirishga zaxiralari borligi dargumon. Boz ustiga noqonuniy migrantlarni tezda olib chiqib ketishning imkoni yo‘qligi masalasi ham bor. Samolyot va poyezdlar bilan maxsus reyslar tashkil qilingan taqdirda ham bunga yarim yilgacha vaqt ketadi.

Hozir Rossiyada bo‘lgan noqonuniy migrant nimalar qilishi darkor?

Bunday sharoitlarda qanday deport bo‘lmaslik uchun migrantlarning o‘zi nimalar qilishi kerak?
Ikki toifadagi chet ellik fuqarolar bor: birinchisi – 2020-yil 15-martgacha hujjatsiz, noqonuniy bo‘lgan kishilar; ikkinchisi – hujjatlari bo‘lgan migrantlar va Rossiya prezidentining farmonida asosida registratsiyalari uzaytirilgan va yuqorida tilga olingan farmondagi imtiyozdan foydalanganlar. 2021-yil 15-iyunga qadar birinchi toifadagilar IIV bo‘limlariga kelishlari, ariza yozishlari, idora bazasidagi tekshiruvdan o‘tishlari va ro‘yxatdan o‘tishlari yoki Rossiyadan chiqib ketishlari mumkin. Pandemiyaga qadar qonuniy maqomga ega bo‘lgan ikkinchi toifadagilar bo‘lib turish hujjatlarini uzaytirish uchun hujjatlarinini rasmiylashtirishlari kifoya yoki vataniga ketishlari mumkin.
Botirjon Shermuhammad
Huquqshunos, migratsiya bo‘yicha ekspert
U migratsiya qonunchiligini buzganlar uchun Rossiyaga kirish taqiqi 3-yildan 10-yilgacha bo‘lishi mumkinligini eslatdi. Muddat noqonuniy bo‘lib turish muhlati va qoidabuzarlikning jiddiyligiga bog‘liq bo‘ladi.
Huquqshunosning so‘zlariga ko‘ra, hozir O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida odamlar IIVga kelib, maqomini rasmiylashtira olishlari uchun bunday fuqarolar uchun afv loyihasi muhokama qilinmoqda. Lekin bunday holatda, Tojikiston, Qirg‘iziston va Moldova tajribasining ko‘rsatishicha, kutilmagan to‘siqlarga duch kelish mumkin. Afvni ikki mamlakat prezidentlarining shartnomasi asosida e’lon qilishadi, buyruqni esa IIV rahbarining o‘rinbosari imzolaydi. Joylarda bu ish bermaydi, chunki hujjatning prezident farmoni, hukumat qarori yoki qonun kabi kuchi bo‘lmaydi.
Yuriy Moskovskiy muammoning mantiqli va samarali yechimini migratsiya qonunchiligini ishlab chiqishda ko‘radi. Qisman vaziyatni migratsiya afvi hal qilgan bo‘lardi, biroq u prezident farmoni shaklida e’lon qilinishi kerak. O‘shanda to‘liq yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Tojikiston Rossiyaning noqonuniy migrantlar to‘g‘risidagi ma’lumotlariga shubha bilan qaradi
Dmitriy Mixaylov o‘z navbatida ketishni istamayotgan yoki hujjatlarini rasmiylashtirish pul to‘lay olmaydigan migrantlar deportatsiyasi bilan bog‘liq har tomonga foydali variatni taklif qilmoqda: ularning Rossiyaga kirishiga taqiq qo‘ymaslik. Bunday yondashuv har ikki tomonga foydali bo‘lgan bo‘lardi – mehnat migrantlariga ham, iqtisodiyotining ayrim sohalari hozirgacha ishchi kuchi yetishmasligidan aziyat chekayotgan Rossiyaga ham.
Har qanday holatda ham hatto agar barcha xohlovchi noqonuniy migrantlarga qonuniy bo‘lish imkoniyati berilsa, ularning bir qismi bunday xarajatlarni ko‘tara olmaydi va vatanga qaytishga majbur bo‘ladi. Shu bois asosiy masala ochiq qolyapti: qanday qilib va kimning hisobidan bu olib chiqib ketish tashkil etiladi?