https://oz.sputniknews.uz/20210418/rossiyada-noqonuniy-bolib-turgan-ozbekistonliklarga-murojaat-qilindi-18387090.html
Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilindi
Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilindi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirdi.
2021-04-18T10:50+0500
2021-04-18T10:50+0500
2023-04-05T18:33+0500
migratsiya
o‘zbekiston
migrantlar
migratsiya
tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1434/88/14348897_0:0:3077:1731_1920x0_80_0_0_fcc5fa67741fa586eb8f45660fb84198.jpg
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirdi.Ma’lum qilinishicha, Rossiya IIV bilan u yerda huquqiy maqomi qonuniylashtirilishi kerak bo‘lgan 300 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati shakllantirilgan.Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish choralari qo‘llanilmaydi. Ularga yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.Bu masalada yordam so‘rab, O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining qo‘yidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin farmoni bilan Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 2021-yil 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berilgan.Kuni kecha Rossiya IIV mamlakatdagi O‘zbekiston hamda boshqa MDH davlatlaridan bo‘lgan noqonuniy migrantlar 15-iyunga qadar mamlakatni tark etishi kerakligini ta’kidlagan edi. Aks holda ularga nisbatan jazo qo‘llaniladi, ya’ni migrantlar chiqarib yuboriladi va ular uzoq muddat Rossiyaga kirish huquqidan mahrum qilinadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1434/88/14348897_201:0:2932:2048_1920x0_80_0_0_bf6ccab0b3ad9f598ca942341272e931.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, o‘zbekiston, migrantlar, migratsiya, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi , rossiya
migratsiya, o‘zbekiston, migrantlar, migratsiya, tashqi mehnat migratsiyasi agentligi , rossiya
Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilindi
10:50 18.04.2021 (yangilandi: 18:33 05.04.2023) Rossiyada noqonuniy ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirish tavsiya qilindi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirdi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya IIV bilan u yerda huquqiy maqomi qonuniylashtirilishi kerak bo‘lgan 300 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati shakllantirilgan.
“Shu fursatdan foydalanib, Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 2021-yilning 15-iyuniga qadar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali u yerda bo‘lishlarini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishga chaqiramiz”, - deyilgan
xabarda.Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish choralari qo‘llanilmaydi. Ularga yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.
Bu masalada yordam so‘rab, O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining qo‘yidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin farmoni bilan Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 2021-yil 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga
ruxsat berilgan.Kuni kecha Rossiya IIV mamlakatdagi O‘zbekiston hamda boshqa MDH davlatlaridan bo‘lgan noqonuniy migrantlar 15-iyunga qadar mamlakatni tark etishi
kerakligini ta’kidlagan edi. Aks holda ularga nisbatan jazo qo‘llaniladi, ya’ni migrantlar chiqarib yuboriladi va ular uzoq muddat Rossiyaga kirish huquqidan mahrum qilinadi.