AQSh iqlim bo‘yicha sammitni chaqirmoqda - taklif etilgan davlatlar "labbay" deb javob berdi

OAVlar xabariga ko‘ra, uchrashuv vaqtida AQSh prezidenti atmosferaga tashlanishlar bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan yangi majburiyatlar haqida e’lon qilishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 21 apr – Sputnik. Taklif etilgan 40ta davlatning barchasi AQSh tomonidan tashkillashtirilayotgan iqlim bo‘yicha onlayn-sammitda ishtirok etishga rozilik bildirdi, deb xabar qildi jurnalistlarga amerika administratsiyasining yuqori martabali vakili.
AQSh administratsiyasi tomonidan tashabbus qilingan iqlim 22-23 aprel kunlari virtual formatda bo‘lib o‘tadi.
Oq uyning xabar berishicha, prezident Jo Bayden 40dan ortiq turli davlatlar yetakchilarini ushbu sammitda ishtirok etishga taklif etgan. OAVlar xabariga ko‘ra, uchrashuv vaqtida AQSh prezidenti atmosferaga tashlanishlar bo‘yicha Qo‘shma Shtatlar o‘z zimmasiga olishga tayyor bo‘lgan yangi majburiyatlar haqida e’lon qilishi mumkin.
O‘zbekiston Parij bitimini imzoladi
2021 yil yanvar oyi oxirida Bayden AQSh qatorida, xalqaro maydonda ham amal qiladigan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash to‘g‘risida yangi qarorni imzoladi.
Uning rejasi ekologik texnologiyalar va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha ishlarni o‘z ichiga oladi.
Qarorda iqlim o‘zgarishi masalasi amerika tashqi siyosati va milliy xavfsizligining ajralmas qismi deb e’lon qilingan va Vashingtonning iqlim bo‘yicha Parij bitimida belgilangan maqsadlarni amalga oshirish, qisqa muddatda havoga bug‘ gazi tashlanishlarini kamaytirish va ularni asrning o‘rtalariga kelib nolga yetkazish istagini tasdiqlaydi.
Putin iqlim masalalari bo‘yicha sammitda ishtirok etadi - uni Bayden taklif qildi
Iqlim bo‘yicha Parij bitimi – 2015-yilda 190dan ortiq davlatlar tomonidan imzolangan iqlim bo‘yicha birinchi global bitimdir, hujjat global isishni jilovlab turish bo‘yicha jahon harakatlar rejasini belgilab beradi.
Bitim qazib olinadigan yoqilg‘idan to‘liq voz kechishni nazarda tutmaydi. Ammo barcha tomonlar tashlanmalarni qisqartirish, texnologik qayta qurollanish va iqlim o‘zgarishiga adaptatsiya bo‘yicha choralarni qabul qilishlari kerak.
Bundan tashqari energo yetkazib berishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushi ko‘proq bo‘lishi lozim.
Sobiq prezident Donald Tramp davrida AQSh ushbu bitimdan chiqqan edi, ammo amerikaning yangi yetakchisi Bayden o‘z prezidentligining birinchi kunidayoq Qo‘shma Shtatlarning ushbu bitimga qaytishi bo‘yicha farmonni imzolagandi.