Farg‘onada noma’lum shaxslar to‘pponcha bilan dorixonalarga hujum qildi

Farg‘onada IIB xodimlari qator bosqinchilik jinoyatlarini issiq izidan ochishga muvaffaq bo‘lishdi
Sputnik
TOShKENT, 17 apr – Sputnik. Farg‘onada noma’lum shaxslar pnevmatik to‘pponcha bilan dorixonalarga hujum qildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Xabarda aytilishicha, hodisa 11-aprel kuni yarim tundan o‘tganda sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxslar yuziga tibbiy niqob taqqan holda Farg‘ona shahridagi dorixonaga pnevmatik to‘pponcha bilan qurollangan holda bostirib kirib, dorixonadagi navbatchi sotuvchini o‘ldirish bilan qo‘rqitib, kassadagi 600 ming so‘m pullarni olib chiqib ketgan.
Toshkent viloyatida sotuvchidan "abonent to‘lovi" talab qilgan ayollarga jinoyat ishi ochildi
Shuningdek, ushbu ikki nafar noma’lum shaxslar Farg‘ona shahridagi dorixonalarning biriga bostirib kirib, 20 yoshli navbatchi sotuvchini pnevmatik pistolet bilan qo‘rqitib, kassadagi 400 000 so‘m pul va kuzatuv kamerasining xotira saqlash moslamasini olib, hodisa joyidan yashiringan.
Farg‘ona viloyati IIB tomonidan yuqoridagi jinoyatlarni issiq izidan fosh qilgan.
Jinoyatchilarni shaxsini aniqlash maqsadida JQB, YHXB, PPX, Tergov boshqarmasi hamda boshqa sohaviy xizmatlar xodimlaridan iborat maxsus tergov-tezkor guruhi tuzilib, jinoyatga aloqador “Cobalt” rusumli avtomashina har ikki holatda ham aloqadorligi aniqlangan. Avtomashina yo‘nalishi sinchkovlik bilan o‘rganilganda, mazkur jinoyatni Qo‘qon shahrida yashovchi fuqarolar - 41 yoshli Dilshod va 43 yoshli Sherzodlar sodir qilganliklari ma’lum bo‘lgan va ular viloyat IIB xodimlari tomonidan yashash manzilida qo‘lga olingan.
Rossiya IIV migrantlar orasida jinoyatlar soni kamayganligini ma’lum qildi
Tintuv vaqtida ularning xonadonlaridan bir dona pnevmatik to‘pponcha, bir dona "Kalashnikov" pnevmatik avtomati, 250 dona dumaloqsimon pnevmatik o‘qlar, 1 juft avtomashina davlat raqami, bir dona ratsiya, niqob, qo‘lqoplar, 3 dona kuzatuv kamerasi xotira moslamasi, 20 ta sim-karta, 4 dona pichoq, bir dona dron, shunindek, "Cobalt" rusumli avtomashinadan bir dona chopqi, bir dona otverka, bir dona ombir va 1 juft avtomashina davlat raqam belgisi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bosqinchilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan T.Dilshod va X.Sherzodlar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Bundan tashqari, tergov harakatlari davomida, ushbu shaxslarni yana boshqa jinoyatga aloqadorliklari yuzasidan tekshiruvlar olib borilmoqda.
Tergov davom etmoqda.