Toshkent viloyatida sotuvchidan "abonent to‘lovi" talab qilgan ayollarga jinoyat ishi ochildi

© Press-slujba Sledstvennogo departamenta MVD UzbekistanaNa rinke Kuylyuk pravooxraniteli zaderjali karmannika
Na rinke Kuylyuk pravooxraniteli zaderjali karmannika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2021
Obuna bo‘lish
Jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanib, uni qoplash choralari ko‘riladi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Toshkent viloyatida joylashgan “Bek-baraka” bozorida sotuvchidan kunlik to‘lov talab qilgan ayollarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Tergov qo‘mitasi axborot-xizmati.
Hodisa aprel oyi boshlarida ro‘y bergan. Nigina va Nargiza ismli ikki ayol Zangiota tumanida joylashgan "Bek-baraka" nomli savdo majmuasida kiyim-kechak ulgurji savdosi bilan shug‘ullanayotgan Safaroy ismli ayolning qo‘lbola usulda yasalgan savdo rastalarini uloqtirib, kiyim-kechaklarni ochiqdan-ochiq talon-taroj qilib ketib qolishgan.
Rossiyskie rubli v rukax u jenshini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2020
Farg‘onada 4,5 milliard kreditni o‘zlashtirib olgan talonchilar ushlandi
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ikkala ayol ham "Bek-baraka" bozorida savdo ishlari bilan shug‘ullanishlari, Safaroyni savdo qilayotgan joyi ularga “tegishli” ekanligini, undan savdo joyi uchun kunlik pul berishini talab qilib, savdo qilishiga muntazam ravishda to‘sqinlik qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan I.Negina va Yu.Nargizalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanib, uni qoplash choralari ko‘riladi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0