AQSh yana hammaga hayotdan saboq bermoqchi. Rossiya va Xitoy alohida taklif etilyapti

Vashingtondagi yangi ma’muriyat tahsinga sazovor: bunga o‘xshash tadbirni o‘tkazsh g‘oyasi o‘ta oqilona, zero ikki emas, balki bus-butun o‘nlarcha quyonlarni urish mo‘ljallangan.
Sputnik
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. AQSh prezidenti deyarli bir vaqtning o‘zida Xitoyga qarshi yangi sanksiyalar joriy etib, Vladimir Putin va Si Szinpinni 22-23 aprelda rejalashtirilgan global iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan onlayn sammitda ishtirok etishga taklif qilmoqda. Qirqdan ziyod dunyo yetakchilari taklif etilgan konferensiya jonli efirga uzatiladi.
Vashingtondagi yangi ma’muriyat tahsinga sazovor: bunga o‘xshash tadbirni o‘tkazsh g‘oyasi o‘ta oqilona, zero ikki emas, balki bus-butun o‘nlarcha quyonlarni urish mo‘ljallangan.
Iqlim mavzusiga e’tibor qaratish demokratlarga barcha imkoni bor usullar bilan ekologiya muammolariga beparvo bo‘lgan oldingi prezident siyosatidan voz kechishni ko‘rsatishga imkon beradi. Tramp chiqargan AQShning Iqlimga oid Parij bitimiga qaytishidan so‘ng Jo Baydenning sammit chog‘ida Qo‘shma Shtatlar olg‘a yurishga va bu masalada yana dunyo yetakchisi rolini o‘ziga olishga tayyorligini namoyish etish imkoniyati bo‘ladi.
Shu bilan birga iqlim muammosi mavzusi uning yordamida amerikaliklar va yevropaliklar o‘z raqiblari rivojini ham iqtisodiy, ham geosiyosiy jihatdan tutib turishga urinayotgan sirtmoq bo‘lib bo‘lgan. Qolaversa, G‘arb o‘z ustuvorligi yo‘qotayotgan zamonaviy dunyoda ekologiya mavzusi hozircha u ushlab turgan monopoliyalardan biri bo‘lib qolmqda, natijada, undan maksimal darajada foydalanishga intilmoqda. Masalan, 2023-yilda YeI parnik gazlariga importiga uglerod solig‘ini joriy etadi. Ularga neft, gaz, metall, o‘g‘it, sement ham doxil bo‘ladi. Umuman olganda Rossiya eksportining kattagina qismi va bu mahalliy ishlab chiqaruvchilar uuchun jiddiy chaqiriq bo‘ladi.
Parijda iqlim bo‘yicha yangi shartnoma tuzildi
Ammo bo‘lishi kutilayotgan sammitning global uzoq muddatli jihatidan tashqari Oq uy o‘ziga maksimum foyda olishga intilayotgan tezkor jihatlari ham bor.
Rossiya va Xitoy yetakchilariga sammitga taklifnoma nafaqat ikki mamlakatning G‘arb bilan munosabatlari ko‘p o‘n yillik mobaynidagi eng so‘nggi nuqtaga kelib qolgan bir paytga kelib tushdi.
Davlatlar o‘rtasida ayrim masaladar yuzasidan kuchli nizo va boshqalari yuzasidan samarali hamkorlik mavjudligining ajablanarli yeri yo‘q. Aksincha, bu normal holat. Biroq hozir ro‘y berayotganlar yuz yillar davomida shakllangan an’analardan juda chetga chiqib ketadi. Rossiya tashqi ishlar vaziri so‘ngi voqealarga munosabat bildirayotib dediki, G‘arbda shunchaki “bir-birini tinglash mahorati, bir-birini eshitish va qiziqish muvozanatini topish mahoratidan iborat klassik diplomatiyadan foydalanishni unutib qo‘yishdi”.
Agar Jo Baydenning intervyu vaqtida Rossiya prezidenti haqidagi g‘alati bayonotlarini Amerika prezidenining shaxsiy xususiyatlari bilan tushuntirish mumkin bo‘lsa, AQSh davlat kotibining Ankoridjdagi ikki tomonlama uchrashuvda Xitoyga nisbatan ochiqchasiga qo‘polligi va protokolni buzishini Vashingtonning anglab qilayotgan siyosatidan boshqa narsa emas deb baholash mumkin emas.
XXR uchun vaziyat boz ustiga yoqimsiz, zero Oq uyga yangi prezident kelishi bilan Xitoyga qarshi sanksiyalarga barham berilishiga yoki hech bo‘lmaganda yengillik bo‘lishiga umid paydo bo‘lgandi. Jo Baydenning o‘zi ham Pekin bilan munosabatlarda Trampning janjalkashlik yo‘lidan voz kechishini ma’lum qilgandi.
Si Szinpin Xitoy va AQSh qarama-qarshiligini butun dunyo uchun falokat deb atadi
Biroq vaziyat hozircha faqat yomonlashdi. Boz ustiga Tramp asosan iqtisodiy jihatdan, xususan, Xitoy tovarlariga yuoj kiritgan bo‘lsa, demokratlar esa yana atrofdagilarga demokratiya, inson huquqlari va ekologik javobgarlikdar dars berapti.
Xitoyga ayblovlarning yang to‘lqini yog‘ildi, bunda asosiy zarba uyg‘urlar masalasiga beriladi. Pekin qarzdor bo‘lib qolmaydi, natijada yangi o‘zaro sanksiyalar g‘alvasi boshlanadi. AQSh odatdagi kabi Xitoyning javob choralarini asosiz deb atadi. Buning ustiga og‘ir oqibatlar qora ro‘yxatga tushgan hatto mansabdor shaxslarga emas, balki Xitoyga qarshi xatti-harakatlarni qo‘llab-quvvatlagan brendlarga tahdid solmoqda. H&M, Nike va Adidas ulkan bozorni yo‘qotish arafasida.
Tashkillashtirilayotgan iqlim sammati bu yerda Vashingtonga qo‘l keladi. AQSh ma’muriyati Rossiya va Xitoy hukumatlarini tadbirga taklif etish bilan barcha munosabatlar yutqazish holatiga qo‘yishga urinmoqda.
Agar Putin va Si konferensiyadan bosh tortsa, ularni mas’ulyatsizlik, insoniyat manfaatlari va o‘z mamlakatlariga beparvolikda va qo‘rqoqlikda ayblash mumkin bo‘ladi: qarang, ular tadbir AQSh tomonidan tashkil etilganligina sabab unda ishtirok etishmadi.
Agarda Rossiya va Xitoy yetakchilari sammitda ishtirok etsa, shubhasiz, amerikaliklar o‘z ustunliklarini namoyish etish va hatto Moskva va Pekin uchun haqoratomuz vaziyatlar keltirib chiqarish uchun qo‘lgan kelgan ishni qilishadi. Alyaskadagi janjalli muzokaralardan so‘ng Shtatlar tomonidan diplomatik protokollarga rioya qilinishiga umid qilmaslikka to‘g‘ri keladi, jonli efirdagi onlayn format esa Vashingtonga, tashkilotchi sifatida, razil xatti-harakatlar qilishi uchun bir talay imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ustiga ustak AQSh o‘zining ayyorona rejasida bitta juda muhim jihatni e’tibordan chetda qoldirdi. G‘arb o‘zining so‘nggi xatti-harakatlari bilan Rossiya-Xitoy ittifoqi mustahkamlanishiga erishdi. Sergey Lavrovning Xitoyga yaqindagi buyurgan tashrifi buni yaqqol namoyon qildi.
Shundan ekan Rossiya va Xitoy Vashingtonning har qanday qopqonlari va fitnalariga birgalikla qarshi turadi. Bu amerikaliklarning o‘zi uchun yoqimsiz surprizlarni keltirib chiqarishi mumkin.
AQSh Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan - Mudofaa vazirligi