https://oz.sputniknews.uz/20210325/aqsh-rossiyaga-qarshi-mental-urush-boshlagan---mudofaa-vazirligi--17964852.html
AQSh Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan - Mudofaa vazirligi
AQSh Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan - Mudofaa vazirligi
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. AQSh boshchiligida G‘arb Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan. Bu qarama-qarshilikning yangi turi bo‘lib uning oqibatlari faqat kelajak
2021-03-25T19:19+0500
2021-03-25T19:19+0500
2021-04-01T15:50+0500
analitika
urush
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/01/16094851_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_eb50b9ae1894d35ed503e07e373989cd.jpg
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. AQSh boshchiligida G‘arb Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan. Bu qarama-qarshilikning yangi turi bo‘lib uning oqibatlari faqat kelajak avlodda bilinadi, dedi Rossiya Mudofaa vazirining maslahatchisi Andrey Ilniskiy. Ilniskiy aytishiga qaraganda, hozirgi zavmonda odatiy urushni amalga oshirishning iloji yo‘q, axir Rossiyada yadro quroli bor. Agar yadroviy urush boshlansa – g‘oliblar bo‘lmaydi, har holda G‘arb g‘olib bo‘lmasligi aniq. Xo‘sh Vashington boshlagan “mental urush” nimasi bilan farq qiladi? Birinchi navbatda – maqsadi bilan. To‘g‘ridan-to‘g‘ri urushda – raqibning texnikasi va tirik joni yo‘q qilinadi. “Kiberurush”da – raqibning infratuzilmasiga zarba beriladi. Bunday urushning zarbasi darhol sezilmaydi, chunki asosiy e’tibor yosh avlod ongiga qaratilgan bo‘ladi. Uning ta’siri faqat bir avlod o‘tib bilinadi. Lekin u vaqtda hech narsa o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bu orqaga qaytmas jarayon, deydi mudofaa vaziri maslahatsi. “Mental urushga” qarshi qanday kurashish mumkin? Andrey Ilniskiy xulosasiga ko‘ra, mental urushga qarshi bir necha uslub bilan kurashish mumkin. Birinchidan Internetni suveren qilish. Ya’ni davlat o‘z hududidagi internetga o‘zi xo‘jayinlik qilish. Bu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash. Ikkinchidan, yoshlar siyosatini qayta ko‘rib chiqish va yangidan boshlash va uchinchidan asosiy saylovchilar bo‘lgan aholining katta qismi bilan ochiq suhbat olib borish. Birinchi qadamlar Rossiyaning media va internet sohasini nazorat qiluvchi organi – Roskomnadzor 24-mart yangi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga chiqargan edi. Unga ko‘ra Rossiyada ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ro‘yxatdan o‘tayotgan kishilardan pasport, turar joy manzili, telefon raqami va elektron pochta talab qilish majburiy bo‘lishi mumkin. Bugungi kunda mobil operatorlar pasportga bog‘lanmagan sim kartalarni bloklash huquqiga ega. Undan tashqari 2021-yildan boshlab shaxsi aniqlanmagan abonentlar (korporativ yoki boshqa yo‘l bilan rasmiylashtirilgan sim karta egalari) operatorning birinchi talabiga binoan shaxsni aniqlash jarayonidan o‘tishlari kerak. Aks holda uning nomeri bloklab qo‘yiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20190330/ASh-sovu-urush-davridagi-strategiyaga-aytishga-aror-ildi-11116055.html
https://oz.sputniknews.uz/20200626/arb-tarikhni-bosichma-bosich-ayta-kchirmoda-va-u-buning-uddasidan-chimoda-14419785.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2021
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/03/01/16094851_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_62bb97487449d770ea62575a0477ed10.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
analitika, urush, aqsh
AQSh Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan - Mudofaa vazirligi
19:19 25.03.2021 (yangilandi: 15:50 01.04.2021) "Mental urush" – bu qarama-qarshilikning yangi turi bo‘lib, uning oqibatlari kelajak avlodda bilinadi va o‘shanda ularni bartaraf etib bo‘lmaydi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. AQSh boshchiligida G‘arb Rossiyaga qarshi “mental urush” boshlagan. Bu qarama-qarshilikning yangi turi bo‘lib uning oqibatlari faqat kelajak avlodda bilinadi,
dedi Rossiya Mudofaa vazirining maslahatchisi Andrey Ilniskiy.
Ilniskiy aytishiga qaraganda, hozirgi zavmonda odatiy urushni amalga oshirishning iloji yo‘q, axir Rossiyada yadro quroli bor. Agar yadroviy urush boshlansa – g‘oliblar bo‘lmaydi, har holda G‘arb g‘olib bo‘lmasligi aniq.
Xo‘sh Vashington boshlagan “mental urush” nimasi bilan farq qiladi? Birinchi navbatda – maqsadi bilan.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri urushda – raqibning texnikasi va tirik joni yo‘q qilinadi. “Kiberurush”da – raqibning infratuzilmasiga zarba beriladi.
Yangi “mental urushda” esa – raqib davlat qadriyatlarini, o‘zligini yo‘q qilish, jamiyatning madaniy asosini buzishni maqsad qilgan, - deydi Ilniskiy.
Bunday urushning zarbasi darhol sezilmaydi, chunki asosiy e’tibor yosh avlod ongiga qaratilgan bo‘ladi. Uning ta’siri faqat bir avlod o‘tib bilinadi. Lekin u vaqtda hech narsa o‘zgartirib bo‘lmaydi. Bu orqaga qaytmas jarayon, deydi mudofaa vaziri maslahatsi.
“Mental urushga” qarshi qanday kurashish mumkin?
Andrey Ilniskiy xulosasiga ko‘ra, mental urushga qarshi bir necha uslub bilan kurashish mumkin.
Birinchidan Internetni suveren qilish. Ya’ni davlat o‘z hududidagi internetga o‘zi xo‘jayinlik qilish. Bu sohada yuqori malakali kadrlar tayyorlash.
Ikkinchidan, yoshlar siyosatini qayta ko‘rib chiqish va yangidan boshlash va uchinchidan asosiy saylovchilar bo‘lgan aholining katta qismi bilan ochiq suhbat olib borish.
Rossiyaning media va internet sohasini nazorat qiluvchi organi – Roskomnadzor 24-mart yangi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga chiqargan edi. Unga ko‘ra Rossiyada ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda ro‘yxatdan o‘tayotgan kishilardan pasport, turar joy manzili, telefon raqami va elektron pochta talab qilish majburiy bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda mobil operatorlar pasportga bog‘lanmagan sim kartalarni bloklash huquqiga ega. Undan tashqari 2021-yildan boshlab shaxsi aniqlanmagan abonentlar (korporativ yoki boshqa yo‘l bilan rasmiylashtirilgan sim karta egalari) operatorning birinchi talabiga binoan shaxsni aniqlash jarayonidan o‘tishlari kerak. Aks holda uning nomeri bloklab qo‘yiladi.