Bayden kimning qo‘g‘irchog‘i

AQSh prezidentini qanday boshqarish mumkin? Ha, o‘zingizga kerakli savolni bersangiz bo‘ldi, u "Mmmm, Ha" deb javob beradi.
Sputnik
Rossiyada barcha AQSh prezidentining Vladimir Putin haqida aytgan gapi bilan tanishayotgan bir vaqtda AQShda jurnalistlar undan ham hayratli xabar bilan mashg‘ul edi: Oq uy vanihoyat Jo Baydenning birinchi matbuot anjumani sanasini e’lon qildi – 25-mart.
Bu juda katta ish, aniqrog‘i Vashington yangi ma’muriyati uni ana shunday voqeaga aylantirdi.
Zaxarova Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi
AQShda uzoq yillik an’ana bor: yangi saylangan prezident, odatda bir oy ichida o‘zining ilk matbuot anjumanini o‘tkazadi. Masalan Barak Obama masalan – jurnalistlar oldiga prezidentligining 20 kunida, Donald Tramp – 27 va Jorj Bush – 33 kunida chiqqan edi. Bayden bo‘lsa – 64 kunlik pauza oldi, bu sana ham o‘zgarib qolmasa hali.
So‘nggi kunlarda ushbu mavzu AQSh OAVlarining jig‘iga tegadigan darajada ko‘p muhokama qilindi, deksak xato bo‘lmaydi. Hatto prezidentga xayrixoh bo‘lgan OAVlar ham uning jurnalistar bilan muloqotda qandaydir “bir xil hazillar, Oq uy tomonidan qattiq nazorat ostida o‘tadigan rejelashtirilgan tadbirlardan iborat” bo‘lib qolganini payqashni boshlagan edilar.
Bundan bir hafta oldin navbatdagi navbatdagi ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘lgan edi. O‘shanda Xo‘jalik mollari do‘koniga tashrif burgan Bayden jurnalistlar savoliga javob bermoqchi bo‘lganda, prezident yordamchilari unga og‘iz ochishga imkor berishmagan edi.
Kreml Baydenning Putin haqidagi gaplariga munosabat bildirdi
Albatta bunday harakatlar Oq uy egasining kognitiv funksiyalari, prezidentlik vazifalarini bajara olish yoki olmasligi haqida shubha va mish-mishlar keltirib chiqaradi. Prezidentni jurnalistlardan bunchalik “olib-qochishning” albatta o‘ziga yarasha sabablari bo‘lsa kerak. Balkim Bayden kutilmagan savollarga javob berish, joyida improvizatsiya qilishni talab etadigan erkin muloqotga tayyor emasdir.
Amerika prezidentining ABC News telekanaliga bergan rezonansli intervyusi ushbu gumonlarni tasdiqlaydi. Axir u Putinni “qotil” deb hisoblashini aytdi. Aniqrog‘i jurnalistning “Siz uni qotil deb hisoblaysizmi?” degan savoliga “Mmmm, ha” deb javob berdi.
Aksariyat Rossiya OAVlari prezidentga ushbu savolni kim berganini aytib ham o‘tishmadi – afsus, chunki u odam o‘ziga yarasha mashhur va taniqli.
Djordj Stefanopulos — Amerika va dunyo siyosiy jurnalistikasining eng yorqin yulduzlaridan biridir. Uning qanchalik muhim figura ekanini tushunish uchun bir fakt kifoya: aynan Stefanopulos 2019-yilda Sharqiy iqtisodiy forumda Rossiya, Hindiston va Yaponiya rahbarlari nutqlarini moderatsiya qilishi rejalashtirilgan edi. Lekin so‘nggi damda u Vladivostokka uchib kela olmadi.
AQShning Rossiya bilan hisoblashishiga to‘g‘ri keladi – Putin
Jurnalistning yangi bir taniqli tomoni – u siyosiy o‘tmishga ega va Amerikaning eng kuchli klanlaridan biri bo‘lgan – Klintonlar oilasiga juda yaqin kishi hisoblanadi.
Stefanopulos 1992-yilda Bill Klinton prezidentlik kampaniyasida kommunikatsiyalar direktori bo‘lgan. Keyinchalik Klinton ma’muriyatining muhim lavozimlarida ishlagan. 1990-yillarning ikkinchi yarmida u jurnalistika sohasiga o‘tib ketgan, lekin Klintonlar oilasi bilan aloqasini yo‘qotmagan.
2010 yillar o‘rtalarida jurnalist o‘z ish beruvchisi ABC Newsga xabar qilmasdan bir necha yillar davomida Klintonlar fondiga yirik xayriya mablag‘lari kiritgani (jami 75 ming AQSh dollari) ma’lum bo‘lganida – katta mojaro kelib chiqqan edi. Shov-shuvni “rostgo‘y xato” deb bosti-bosti qilishdi.
Shundan so‘ng respublikachilar partiyasi unga (bir tomon foydasiga ishlashi mumkinligi uchun) ishonchsizlik bildirdi va saylovlarni moderatsiya qilishni ta’qiqlab qo‘yishni talab qilishdi.
Aytish joizki Klintonlar oilasiga yaqin bo‘lish, uni demokratlarga yoki ularning rahbarlariga yaqin bo‘lishni anglatmaydi. AQShning Demokratik partiyasi ichida ham turli klanlar, guruhlar va an’anaviy “Vashington botqog‘i” orasida mojarolar ko‘p. Ular orasida radikal chap qanot siyosatchi guruhlari ham bor.
Ushbu savolni berishga Stefanopulosni nima majbuor qilgani haqida faqat taxmin qilish mumkin xolos. Balkim bu balandroq sarlavha uchun odatiy “media-o‘yin” bo‘lgan yoki puxta o‘ylangan provokatsiya.
Bayden AQSh mudofaa vazirining ismi va Pentagon nomini esidan chiqarib qo‘ydi
Nima bo‘lsa ham, ushbu qisqa intervyu AQSh prezidenti jurnalist tomonidan boshqariladigan maronetka ekanligi yaqqol ko‘rinib qoldi. Bo‘lib o‘tgan suhbat Jo Baydenning sog‘lim fikr yuritish va adekvat harakatlarga qodir ekaniga yanada ko‘proq shubha uyg‘otdi.
Gollivud AQShning yashirin “Ichki davlati” oldida prezidenti aslida hech qanday muhim vazifa bajarmaslik mavzusini bir necha bor yortigan edi. Bu safar haqiqat har qanday ijodiy fantaziyalardan oshib ketdi - oq o‘yda har qanday jurnalist o‘ziga kerakli savolga "mmmm, ha" degan javobni olishi mumkin bo‘lgan odam boshchilik qilmoqda.