Zaxarova Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi

Avvalroq Jo Bayden Rossiya hukumati go‘yoki Amerika saylovlariga aralashgani uchun javob berishi kerakligini ma’lum qilgandi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQSh prezidenti Jo Baydenning Rossiya haqidagi bayonotlariga munosabat bildirdi.
“Biz amerikalik hamkasblarimiz u yerda nima ro‘y bergani haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savolga javob berishdan to‘liq bosh tortishganini bilamiz. Ular (javoblar – tahr.) umuman olganda yo‘q. Bu savol ularga, ularda umuman nimalar ro‘y bermoqda”, -dedi Zaxarova “Vesti FM” radiosi efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik jurnalistlar ham tunda u yerda nimalar ro‘y berayotgani haqidagi savol bilan yuzlanishgan.
“Ular bitta va o‘sha savol bilan murojaat qilishdi: bizga yordam bering (nimalar ro‘y berayotganini anglashga – tahr.). Qanday qilib? Shu bois men hisoblaymanki, amerika mashinasi harakatga kelishi, umuman olganda, oddiy savollarga javob berishi kerak: u yerda o‘zlarida nimalar sodir bo‘lyapti?”, - deya qo‘shimcha qildi diplomat.
Rossiya aralashmagan – elchixona ayblovlarga javob qaytardi
Avvalroq Jo Bayden ABC telekanaliga bergan intervyusida Rossiya hukumati go‘yoki Amerika saylovlariga aralashgani uchun javob berishi kerakligini ma’lum qilgandi. Bundan tashqari, Oq uy rahbari u Vladimir Putinni “qotil” (killer) deb hisoblaydimi degan savol “ha” deb javob berdi.
O‘z navbatida, Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Baydenning Putin haqida aytgan gaplari majoziy ma’noda ekani yoki yo‘qligini tushuntirishdan bosh tortdi.
Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonov AQSh bilan munosabatlar qaysi yo‘nalish bo‘ylab davom etishi va nima qilish kerakligini tahlil qilish maqsadida maslahatlashish uchun Moskvaga chaqirtirilgan.