TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Futbol bo‘yichaO‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘rtoqlik uchrashuvlari Namangan va Toshkent shaharlarida o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiatsiyasi xabar qildi.
Gana terma jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini Namangan shahridagi “Markaziy” stadionida o‘tkazish rejalashtirilgan. Mazkur bahs 26-mart kuni soat 18.00 da boshlanadi.
Iroq vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 29-mart kuni soat 18.00 da boshlanadi.
O‘FA xabarida stadion hududida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilish, o‘zaro ijtimoiy masofa saqlash talab etilishi ta’kidlangan.
Avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida Gana va Iroqqa qarshi maydonga tushishi xabar qilingan edi.