TOShKENT, 18 mar — Sputnik, Natalya Dembinskaya. Vashington va London Moskvaga yana sanksiyalar bilan po‘pisa qilmoqda– bu safar ular davlat qarziga qarshi qaratilgan.
Yana eski odat
Mart oyining boshida AQSh va Buyuk Britaniya Moskvaga nisbatan yana bir bor bosimni kuchaytirishni boshlashdi. Xususan ular g‘arb investorlariga Rossiya qimmatli qog‘ozlarini sotib olishni ta’qiqlab qo‘yishmoqchi.
Bu masala uzoq vaqtdan beri muhokama qilinayotgan edi. Ekspertlar ikkita ehtimoliy ssenariyni tasvirlab berishmoqda. Birinchisi – Rossiya barcha federal zaymlarini (OFZ) sotib olishni ta’qiqlab qo‘yish, ikkinchisi – faqat yangi obligatsiyalarni ta’qiqlab qo‘yish. Birinchi variant albatta eng qattiqqo‘l uslub, lekin u Amerika va Yevropa moliya kompaniyalariga ham jiddiy zarar yetkazgan bo‘lar edi.
Vashington 2019-yilning avgust oyida “Skripallar ishi”bahonasida Amerika banklariga Rossiya qimmatli qog‘ozlarini joylashtirishni va Rossiya hukumatiga kreditlar berishni ta’qiqlab qo‘ygan edi. Lekin qimmatli qog‘ozlarning ikkilamchi bozoriga ta’qiq kiritilmadi.
Buning natijasida xorijiy investorlar Rossiya bozoriga kirish uchun imkoniyat saqlab qolindi. Ular Rossiya qimmatli qog‘ozlarini “chetdan” sotib olishlari mumkin.
Lekin AQSh prezidenti saylovida Demokratik partiya vakili g‘olib bo‘lishi vaziyatni o‘zgartirib yubordi.
“Biz Rossiya bilan munosabatlar jiddiy yomonlashishini kutmoqdamiz. Bayden jamoasida Moskvaga bo‘lgan nafrat hayratlanarli darajada”, - deb yozgan edi Financial Times.
Ikkinchi tomondan Amerika OAVlari yozishiga ko‘ra, Rossiya iqtisodiga jiddiy zarba berish uchun ularning unchalik ko‘p vositalari qolmagan. Eng so‘nggi vositadardan biri – Rossiya davlat qarziga pul tikigni to‘liq ta’qiqlab qo‘yishdir.
Bloomberg yozishiga ko‘ra, "AQSh qo‘shimcha sanksiyalar kiritishga tayyorlanmoqda” bu safar “Navalniy ishi” tufayli va gap “Rossiya davlat qarziga qarshi ekstremal sanksiyalar” haqida ketmoqda.
“Agar Rossiya kimoviy moddalarni qo‘llashga bo‘lgan xalqaro ta’qiqni yana bir bor buzgani aniqlansa, prezident Jo Bayden Yevrpa bilan birgalikda ushbu sanksiyalarni qo‘llash masalasini ko‘rib chiqadi”, - deyilgan xabarda.
Bu qo‘rqinchli emas
Gap muayan qanday sanksiya haqida ketayotgani hozircha ma’lum emas. Lekin obligatsiyalarning ikkilamchi bozori zarar ko‘rish amrimahol, chunki bu birinchi navbatda g‘arblik investorlarga zarar keltirgan bo‘lardi, - deb ogohlantirmoqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi. Rossiya uchun esa – ushbu sanksiyalar qo‘rqinchli emas.
Bugungi kunda Rossiya davlat qarzida g‘arblik investorlar ulushi— 23%. Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov aytishiga ko‘ra, ushbu ko‘rsatgichning o‘zgarishi mamlakatda moliyaviy vaziyatni jiddiy o‘zgartira olmaydi.
“Rossiya davlat qarziga qarshi kiritilgan sanksiyalar, bu – birinchi navbatda g‘arblik investorlarni jazolashdir. Qandaydir tebrinishlar bo‘ladi albatta, lekin qandaydir jiddiy ta’sir ko‘rsatishi amri mahol”, - dedi vazir.
Sanksiyalardan kutilayotgan eng jiddiy oqibat – rubl kursi pasayishi bo‘lishi mumkin. Nerezidentlar va xorijliklar tomonidan rublga bo‘lgan talab kamayadi, lekin ularning ta’siri qisqa muddatli bo‘ladi.
“Menmcha barcha cheklovlar valyuta kursining 80 rublgacha oshishi bilan tugaydi. Rossiya so‘nggi bir necha yil davomida G‘arb tomonidan doimiy eshitilib turayotgan sanksiyalar po‘pisasi ostida yashab keldi va ehtimoliy yangi sanksiyalarga qarshi javob berishga tayyor”, - deydi VBS kompaniyalar guruhi rahbari Semen Tenyayev.
Ayni damda rubl o‘zinig fundamental ko‘rsatgichlaridan 5-7 %kasm, ya’ni rossiya kursida rulning sanksiya tufayli oshish ehtimoi ham bor. Albatta siyosiylashgan g‘arb investorlari boshida o‘z kapital va pullarini olib chiqishni boshlasa, rubl kursi undan ham past bo‘lishi mumkin, lekin u keyinchalik baribir tiklanib oladi, - prezident Russko-Aziatskogo soyuza promishlennikov i predprinimateley.
Aylanma yo‘llar
Tahlilchilar xulosasiga ko‘ra, Rossiya qimmatli qog‘ozlarini sotib olishda, g‘arblik investorlar uzoq vaqtdan buyon cheklovlardan o‘tish uchun aylanma yo‘llardan foydalanib kelishmoqda.
“Sanksiyalar faqat dollar bilan to‘lanadigan Euroclear va Clearstreamda hisobda turgan yevrobondlarga ta’sir qiladi, chunki OFAC (Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi) faqat ana shularni nazorat qilishi mumkin. AQSh moliya vazirligi faqat ana shunday aktivlarni nazorat qilishi mumkin. Federal zaym obligatsiyalariga (OFZ) ta’qiq kiritish befoyda, chunki sarmoyadorlar ularning o‘zini emas, bo‘lajak “dollar-rubl” kurslariga bog‘liq bo‘lgan foiz va valyuta svoplarini (to‘lov yoki aktivlar almashuvi) sotib olishadi”, - deydi Aleksandr Losev, “Upravlenie kapitalom” kompaniyasi bosh direktori.
Losev aytishiga qaraganda, agar g‘arb investorlariga OFZ sotib olish ta’qiqlansa, ular mablag‘larini vositachilar orqali yo‘naltiradi, jumladan Rossiya kompaniyaalari orqali ham.
Sanksiyalarga qarshi choralardan yana biri – yakuniy benefitsiari ismlarini oshkor qilmaydigan, maxsus maqomga ega bo‘lgan kompaniyalardan foydalanishdir. Nerezidentlar esa kriptovalyuta va boshqa har qanday vositalardan va raqamli aktivlardan foydalanishlari mumkin.