Davlat qarzi qayerdan kelib qayerga ketmoqda - moliya vaziri ma’lumoti
17:52 17.03.2021 (yangilandi: 17:55 17.03.2021)
© Mejdunarodniy press-klubPerviy zamestitel predsedatelya Sentralnogo banka Respubliki Uzbekistan Timur Ishmetov
© Mejdunarodniy press-klub
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tomonidan xorijiy tashkilotlardan olinayotgan davlat tashqi qarzi asosan – energetika, transport, muhandislik va telekommunikatsiya, kimyo va qishloq xo‘jaligi sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirilmoqda.
TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Kecha Toshkentdagi Wyndham mehmonxonasida Davlat tashqi qarzi mavzusiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator vazirlik vakillari, deputatlar va jurnalistlar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Zamon.uz.
Moliya vaziri Timur Ishmetov ta’kidlashiga ko‘ra, 2021-yiling 1-yanvar holatiga O‘zbekiston tashqi qarzi miqdori 21,1 milliard dollarni tashkil qilgan. Bu YaIMning 36,5%ga teng.
O‘zbekiston tashqi qarzi ko‘pmi?
Timur Ishmetov ta’kidlashicha, davlat qarzi – bu har qanday davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas va muhim qismidir.So‘nggi yillardagi O‘zbekiston tashqi qarzi miqdori o‘sishiga qaramay, mo‘’tadil darajada saqlanib qolmoqda.
Tashqi qarz
Iqtisodchilar aytishiga qaraganda, davlat tashqi qarzi miqdori YaIMning 50%idan oshsa - xavtir olishni boshlash kerak. Lekin bir necha rivojlangan davlatlar tashqi qarzi YaIMdan oshib ketgan bo‘lsa ham buning salbiy ta’siri kuzatilmagan. Xususan, AQSh, Yaponiya, Germaniya, Italiya bunga misol bo‘lishi mumkin.
Kun tartibidagi asosiy masala – O‘zbekiston Respublikasining davlat tashqi qarzini shakllantirish jarayoni, uning dinamikasi va tuzilishi, loyihalarni tanlash va moliyalashtirish, qarz mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarning samaradorligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasining Moliya vaziri Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, davlat qarzi – bu har qanday davlatning, davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas va muhim qismidir. yekiston Respublikasining Moliya vaziri Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, davlat qarzi – bu har qanday davlatning, davlat iqtisodiy siyosatining ajralmas va muhim qismidir.
Tashqi qarz davlatlar va qaysi tashkilotlardan olingan ?
Osiyo taraqqiyot banki - 5 mlrd. $
Jahon banki - 3,7 mlrd. $
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi - 2 mlrd. $
Xitoy Eksimbanki - 2 mlrd. $
Xitoy davlat taraqqiyot banki - 2 mlrd. $
Xalqaro investorlar - 1,7 mlrd. $
Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi va boshqalar - 1 mlrd. $
Islom taraqqiyot banki - 0,9 mlrd. $
Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va boshqalar - 0,4 mlrd. $
Boshqa xalqaro moliyaviy tashkilotlar - 2,4 mlrd $
Olingan mablag‘lar nimalarga sarflanmoqda?
Davlat tashqi qarz sifatida olingan mablag‘lari, asosan – energetika, transport, muhandislik va telekommunikatsiya, kimyo, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Xususan, 2020-yil so‘ngida:
elektr energiyasi sanoatiga - 3,1 mlrd. $ (14,6 %)
neft va gaz sohasiga – 2,6 mlrd.$ (12,4 %)
transport va transport infratuzilmasiga – 2,4 mlrd.$ (11,5 %)
uy-joy kommunal xo‘jaligiga - 2 mlrd.$ (9,4 %)
Ma’lumot uchun: “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligining 2020-yil oktabr oyidagi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi past darajadagi davlat tashqi qarziga ega. Agentlikning ta’kidlashicha, davlat qarzi o‘rta muddatda "BB" reytingiga ega mamlakatlarning o‘rtacha ko‘rsatkichidan past darajada saqlanib qoladi.