Masofadan turib yo‘q qilish – Pentagon Rossiya armiyasining kuchli tomonini aytdi

Zamonaviy uzoq masofaga zarba beruvchi snaradlar borasida AQSh Rossiyadan ancha ortda qolganini ularning o‘zlari ham tan olishmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik, Andrey Kos. AQSh quruqlik kuchlari yaqinda yangi aslahaga ega bo‘ladi. Reaktiv yalpi o‘t ochish tizimlari uchun ishlab chiqarilgan ER GMLRS nomli boshqariluvchi snarad 80km masofagacha zarba berishi mumkin. Batafsil RIA Novosti materialida.

“Oltin” snaradlar

Zamonaviy uzoq masofaga zarba beruvchi snaradlar taqchilligi – AQSh armiyasininguzoq muddatli muammosi ekani oldindan ma’lum. Bu borada ular Rossiyadan ancha ortda qolganini o‘zlari ham tan olishmoqda.
Ushbu qurolning 2020-yilning noyabr oyida o‘tkazilgan sinovlari – muvaffaqiyatsiz o‘tgandi. Snarad havoga uchirilganidan so‘ng darhol portlab ketgan edi. Endi bo‘lsa Lockheed Martin konserni o‘z xatolari ustida ishlab, raketaning kamchilliklkariri bartaraf etganidan so‘ng ER GMLRS Nyu-Meksikodagi White Sands poligonida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tdi. Yangi snarad HIMARS reaktiv yalpi o‘t ochish tizimida sinovdan o‘tkazildi. Yangi qurol aynan ushbu tizim uchun ishlab chiqilgan edi.
Kimo‘zar o‘yini boshlanmoqda: AQSh qurol-aslaha poygasida Rossiyani ortda qoldirmoqchi
“Bizning yangi boshqarluvchi reaktiv snaradimiz zenit-raketa tizimlarining zarba berish uzoqligini sezilarli darajada oshiradi, - dedi Lockheed Martin raketa bo‘linmasi vitse-prezidenti Gailya Kempbell. — Bo‘lib o‘tgan sinov davomida butun parvoz trayektoriyasi bo‘yicha kutilgan natijalarga erishildi, rejalashtirilgan masofada nishonga zarba berildi va HIMARS dasturiy ta’minoti sozlandi. Undan tashqari yangi qurol biroz o‘zgartirilganidan so‘ng RSZO M270 kabi eski tizimlarda ham foydalanish mumkin bo‘ladi”.
Kempbell aytishiga qaraganda, navbatdagi sinovlarda rekord masofa uzoqlikka erishiladi – 150 km. Agar bu amalga oshsa amerika zenit raketa tizimlari dunyoda eng uzoq masofaga zarba beruvchi tizimga aylanadi. Lekin istiqbolli snaradlar ommaviy bo‘lishi – amrimahol. Chunki 60 km masofaga zarba beruvchi standart snarad narxi – 100 ming dollar. Yangilangan snarad Pentagonga undan ham qimmatga tushadi.
ER GMLRS (Enhanced Range Guided MLRS) – bu kalibri 227 millimetr bo‘lgan boshqariluvchi snarad bo‘lib, u kassetali yoki monoblok jangovar qismga ega bo‘lishi mumkin. Nishonga olish tizimi – inersial yoki sputnik orqali. Maqsadi— yakka kichik o‘lchamli nishonlarga zarba berish. Masalan – tanklar yoki kichik o‘lchamli bir necha obyektlar guruhi bo‘lishi mumkin. Hozir AQSh armiyasida 50 mingga yaqin ana shunday snaradlar bor. Pentagon yana qancha yangilangan snarad xarid qilishi noma’lum, lekin ularni ishlab chiqarish 2023-yilga belgilangan.

Yerdagi yuutqlar

Amerikaliklar stvolli artilleriyani ham kuchaytirishni istashmoqda. O‘tgan yilning mart oyida ERCA (Extended Range Canon Artillery) – yangi ishlab chiqarilayotgan o‘ziyurar gaubitsa 65 km masofadagi nishonga zarba bergan edi. Bu ayni damda AQSh armiyasida bo‘lgan eng kuchli o‘ziyurar to‘p M109ga qaraganda ikki baravar uzoq. Sinovda 155-millimetrli XM907 to‘pidan (uzunligi 58 kalibr) ikki xil snarad ishtirok etgan. Boshqarish mumkin bo‘lgan Excalibur va eksperimental – aktiv va reaktiv XM1113 snaradlari ishtirok etgan. Ikkala aslaha ham kichik o‘lchamli nishonni muvaffaqiyatli ishg‘ol qilgan.
Bunaqasi dunyoda hech kimda yo‘q - Putin yangi qurol haqida
Vashingtonda artilleriyaga bejiz extibor qaratilayotgani yo‘q. 2017-yilning dekabr oyida RAND – nufuzli izlanishlar markazi Rossiya armiyasining jangovar imkoniyatlari haqida Pentagon uchun hisobot tayyorlagan edi. Unda aytilishiga ko‘ra, urush yuz bergan taqdirda Rossiya masofadan turib, raqibning quruqlikdagi qo‘shinlariga maksimal darajada zarar yetkazishga harakat qiladi. Dushman qo‘shinlarining yon flang tomonlariga zarba berishga, manyovr qilishga bloklashga harakat qiladi.
“Ruslar maksimal darajada artilleriyadan foydalanadi. Bu borada G‘arb armiyalariga qaraganda ularning ustuvorligi bor. Masalan Amerika armiyasida faqat bitta artilleriya bataloni bor. Rossiya armiyasida esa o‘t ochish bo‘linmalari juda ko‘p. Uch moto-o‘qchi va bir tank batalonlaridan iborat brigadaga odatda, ikkita o‘ziyurar to‘pli va bitta reaktiv artilleriya bataloni hamroh bo‘ladi. Birma-bir jangda amerika harbiy brigadasi ko‘p sonli to‘plarga va reaktiv o‘t ochish tizimlariga ega bo‘lgan raqibga duch keladi. Ular turli xil aslahalardan foydalanishi va uzoq masofaga zarba berishi mumkin”, - deyilgan edi RAND hisobotida.

Jiddiy ortda qolgan

Amerika armiyasi bu sohada rostdan ham ortda qolgan. Rossiya armiyasiga 2016-yildan beri yangilangan 300 millimetrli yangilangan RSZO "Tornado-S" tizimlari yetkazib berilmoqda. Ushbu tizim dushmanning tirik joni, yengil zirhlangan va zirhlangan texnikasiga, taktik raketalari, vertolotlari va qo‘mondonlik punktlariga zarba berishi mumkin. Uning zarba berish uzoqligi 120 kmni tashkil qiladi. Kelajakda uni 200 kmga yetkazish rejalashtirilgan. Amerikaning HIMARS tizimi – 80km masofagacha zarba berishi mumkin.
Rossiya harbiylari yangi S-500 zenit-raketa tizimi bilan ta’minlanadi
Undan tashqari Rossiya armiyasida biroz eskirgan bo‘lsa-da, lekin boshqariluvchi snaradlar bilan bir necha yuz kilometr masofaga zarba beruvchi "Smerch" yalpi o‘t ochish tizimlari ham bor. Amerika zenit-raketa tizimlarini kichik masofali operativ-taktik billistik raketalarni uchirish uchun foydalanish mumkin. Ularning uzoqligi 300 km. Lekin bunga javoban Rossiyaning ham “Iskander-M” tizim bor. Uning zarba berish masofasi – 500km.
Undan tashqari Rossiyaning zenit-raketa tizimi AQShga qaraganda xilma-xiligi ko‘proq. Og‘ir 300 millimetrli “Smerch” va “Tornado-s”dan tashqari, quruqlik qo‘shinlari ixtiyorida zarba berish masofasi 42 kilometr bo‘lgan 122 millimetrli "Grad" va "Tornado-G"lar bor. Shuningdek 36 kmga zarba beruvchi 220-millimetrli “Uraganlar" bor. Radiatsion, kimoviy va biologik himoya qo‘shinlari ixtiyorida TOS-1 va TOS-2 — olov purkash tizimlari bor. Bularni yaqin masofa (6 km) zenit raketa tizimlari deyish mumkin.
Amerika armiyasida esa hozircha faqat – zarba berish uzoqligi 60 km bo‘lgan, 227-millimetrli HIMARS va M270 tizimlariga ega. O‘q otar artilleriyada ham shunga o‘xshash vaziyat. Ularning eng yangi to‘pi - SAU M109A7 oskolka-fugasli snarad bilan 22 kilometr masofaga zarba berishi mumkin. Rossiyaning "Msta-S" o‘ziyurar to‘pi (SSSR davrida yasalgan) — na 25 km masofaga, ayni damda yaratilayotgan "Koalitsiya" o‘ziyurar to‘pi – boshqariluvchi snaradlar bilan 80 kilometr masofagacha zarba berishi mumkin.