O‘zbekistonda internet qimmatmi - AKT vazirligi izoh berdi

So‘nggi 2-yil ichida O‘zbekistonda keng polosali (simli) internet narxi 5 baravar tushirilgan, tezligi esa 6-7 baravra oshirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Axborot texnologiyalarini va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Adliya vaziri tomonidan Senat majlisida keltirilgan, O‘zbekistonda mobil internet qimmatligi haqidagi ma’lumotlarga o‘z izohini berdi.
AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda AKT vazirligi axborot xizmati rahbari Sherzod Ahmatov quyidagi ma’lumotlarni keltirdi.
Uyali aloqa va internet xizmatlari narxi oshmaydi
“Senatning o‘n uchinchi yalpi majlisida Adliya vaziri 1 Gigabayt mobil internet Hindistonda — 950 so‘m, Isroilda — 1,2 ming so‘m, Qirg‘izistonda — 2,2 ming so‘m, Italiyada — 4,5 ming so‘m, Ukrainada — 4,9 ming so‘m, Qozog‘istonda — 5 ming so‘m, O‘zbekistonda esa — 16 ming so‘mni tashkil etishi va mamlakatimizda internet qamrovi 51 foiz ekanini aytdi.
Ushbu ma’lumotlar https://www.cable.co.uk/ resursidan olingan. Mazkur ma’lumotlar 2020-yilning fevral oyida shakllantirilgan bo‘lib (2020 yil 24-fevral), hozirgi kundagi ko‘rsatkichlarga umuman mos kelmaydi. Shu bilan birga, mazkur resurs tomonidan O‘zbekistondagi operatorlarning aynan qaysi tarif reja yoki paketlari haqida ma’lumot olingani ko‘rsatilmagan.
Hozirda respublikamiz aholisi har oy o‘rtacha 4-5 Gigabayt internet sarflayapti. 2021-yil mart oyi holatiga ko‘ra, 1 Gigabayt hajmdagi mobil internet xizmatining o‘rtacha narxi 6-7 ming so‘mni tashkil etmoqda.
2019-2021 yillarda operator va provayderlarga internet xizmatlari uchun tarif mavjud texnik quvvatlarni keskin oshirish hisobiga operator va provayderlarga XPKM orqali taqdim etiladigan 1 Megabit/s tezlikdagi kanal narxi 2 barobarga arzonlashtirildi va xozirgi kunda ushbu xizmat narxi 40 000 so‘m etib belgilangan”, - dedi Sherzod Ahmatov.
Internet tezligida O‘zbekiston pozitsiyasi ikki pog‘ona yaxshilandi
Undan tashqari O‘zbektelekom 2019-2021 yillarda 1 mb narxi 5 baravargacha arzonlashdi. Jismoniy shaxslar uchun simli keng polosali internet tariflari 4,6 baravargacha pasaytirildi, ulanish tezligi esa 6-7 baravar oshirildi. Jumladan yuridik shaxslar uchun internet narxlari ham 3 baravargacha pasaytirildi, tezliklar esa oshirildi.
Shuningdek TAS-IX tamoqlari orqali o‘tgan trafik uchun to‘lov olinmaydi, internet tezligi esa yuqori darajada ta’minlangan.
Shu bilan birga o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan imtiyozli internet tariflari joriy etildi.
2020 yil O‘zbekistonda optik tolali internet uchun ulkan qadam bo‘ldi. Xususan, 2018-yilda O‘zbekistonda optik tolali aloqa liniyalari umumiy uzunligi 26 ming kmni tashkil qilgan bo‘lsa 2020-yilda – 72 ming kiga yetkazildi, 2021-yil oxiriga qadar 118 kmgacha yetkazish rejalashtirilgan.
Internetga ulanish portlari sonini esa yil oxiriga qadar 4 mln. donaga yetkazish rejalashtirilgan.
Rossiya va O‘zbekiston AKT sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi
Axborot tarmoqlarining ma’lumot o‘tkazish tezligi viloyat markazlarida 2 baravar, tuman markazlarida esa 4 baravarga oshirildi.
Mobil aloqa baza stansiyalari soni 31,7 mingdan ortiq, 2020-yilda aloqa operatorlari tomonidan qishloq hududlarida 5 mingdan ortiq mobil aloqa stansiyalari o‘rnatildi va yangilandi.
O‘tgan yilda ijtimoiy xizmat obyektlari, maktablar va tibbiyot muassasalarini tezkor internetga ulash bo‘yicha davlat dasturi amalga oshirildi.
Bugungi kunda aholini 3G va 4G mobil internet bilan qamrab orlish darajasi 90%ga yetkazildi. Undan tashqari Toshkent shahrida 5G avlodga mansub 15ta mobil aloqa stansiyasi test tizimida ishlab turibdi.