TOShKENT, 12 mar — Sputnik. AQSh Alyaska yarim orolida oldingilariga nisbatan uzoqroq masofalarni “ko‘ra” oladigan, minglab kilometr uzoqlikdan uchirilgan raketalarni aniqlash imkoniga ega bo‘lgan va jangovar bloklar va qalbaki nishonlarni aniqlash imkoniga ega bo‘lgan, yangi raketaga qarshi mudofaa tizimining navbatdagi elementini ishga tushirmoqda. Yangi kuchli radiolokatsion stansiya ushbu yil oxiriga qadar ishga tushadi.
Mutlaq nazorat
Amekrikaliklar ushbu uzoq masofali radiolokatsion stansiya (Long Range Discrimination Radar, LRDR) 2018-yilda Clear Air Force aviabazasida qurishni boshlagan edi. Ushbu harbiy obyekt o‘tgan asr o‘rtasidan boshlab ishga tushgan va AQSh havo mudofaa tizimining muhim obyekti hisoblanadi.
RLS o‘tgan yilda ishga tushishi kerak edi, lekin pandemiya tufayli uni qurib bitkazish muddati ortga surildi. Hozir esa u finish chizig‘iga chiqqan.
Ishlab chiqaruvchi ta’kidlashiga ko‘ra, yangi radar "Idjis" axborot-boshqaruv tizimining AN/SPY ko‘p funksiyali radaiga qaraganda 25 marotaba katta. Idjis jumladan harbiy kemalarga ham o‘rnatiladi.
Galliy nitridi moddasini qo‘llash natijasida S-diapazonida ishlaydigan yangi stansiyaning texnik xususiyatlari sezilarli darajada oshgan. RLS nafaqat kontinetlararo ballistik (KBR) va gipertovush raketalarini, balkim KBRlarga hamroq qalbaki nishonlarni ham aniqlashi mumkin.
Uning yana bir xususiyati – hatto ta’mirlash vaqtida ham radarni o‘chirish talab etilmaydi. RLS bloklardan iborat ularni uyalarga qo‘shish yoki ajratish yo‘li bilan radar quvvatini oshirish mumkin.
Rasmiy ma’lumotlarda aytilishiga ko‘ra, LRDR AQShning kontinental hududinia Eron va Shimoliy Koreya raketa zarbasidan himoya qiliadi. Lekin mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, yangi RLSning asosiy obyektlari – Rossiya raketalari bo‘ladi.
Amerikaliklar Yevropada havo hujumiga qarshi tizimni o‘rnatgan vaqtida ham – u “Eronga qarshi” deyilgan edi. Aslida yangi radar faqatgina Rossiyaga qarshi qaratilgan. Shimoliy Koreya raketalari trayektoriyasi Tinch okeani ustidan o‘tgan. Ularni nazorat qilib turish uchun Gavayi orollari hududida joylashgan RLS kerak, - deydi harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov.
Sibir yoki Shimoliy flotdan uchirilgan Rossiya kontinetlararo ballistik raketalarining eng qisqa yo‘nalishlari esa aynan Alyaska ustidan o‘tadi.
Masofa juda yaqin
Savkov aytishiga ko‘ra, Alyaskada AQSh global raketa mudofaa tizimining komponentlari bo‘lishiga qaramasdan, uzoq masofali RLS ushbu tizim imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi va raketalarni tez tutib olish imkonini beradi.
“Ha, bu biz uchun noqulay, lekin u vaziyatni keskin o‘zgartira oladi deyish qiyin. Rossiya bunga javoban ana shunday radarlarni yengib o‘tadigan radioelektron kurash vositalari yaratishi kerak bo‘ladi. Menimcha bunday vositalar allaqachon yaratilgan va ular yaqinda ishga tushadi. Undan tashqari harbiy harakatlar boshlangan taqdirda ushbu RLSni tezlik bilan yo‘q qilish yo‘lini o‘ylash kerak”, - deydi harbiy mutaxassis.
Amerikaliklar uchun Alyaska – bu strategik muhim hududdiir. Asosiy sabab – u yerdan Rossiya aviabazalariga qadar bir necha kilometr xolos, Bering bo‘g‘ozini kesib o‘tsa bo‘ldi. Shu sababli Pentagon Alyaskada nafaqat radarlar o‘rnatmoqda, balkim u yerda zarba beruvchi kuchlarni ham yaratgan edi.
Yarim orolda joylashgan ikki harbiy bazalarda yaqin vaqt ichida 150ta beshinchi avlod F-35 va F-22 Raptor samolyotlaridan iborat yirik gruppirovka joylashtiriladi. Maqsad – Arktikada Rossiyani siqib qo‘yish.
Shunisi ahamiyatli-ki – Alyaskada quruqlik qo‘shinlari unchalik ko‘p emas: bor-yo‘g‘i ikkita piyodalar birgadasi va ularning artilleriyasi hamda bronetransportorlari. U yerda harbiy flot ham yo‘q – faqat qirg‘oq qo‘riqchilari.
Pentagon ayni damda Alyaskada xizmat qiluvchi harbiylarni yollash bo‘yicha kampaniyani boshlab yuborgan. Askar va zobitlarni yuqori maosh va maishiy qulayliklar bilan jalb qilishmoqda.
Davlat qalqoni
LRDR darajadagi radarlar Rossiyada ham bor, bir emas ikkita. So‘nggi yillar davomida raketa hujumi haqida ogohlantiriuvchi tizim sezilarli darajada yangilandi va chegaralarni ishonchli himoya qilmoqda.
Vaholanki Sovet Ittifoqi tarqalib ketganidan so‘ng, Vashington bosimi ostida qabul qilingan qator sanksiyalar ko‘plab radiolokatsion stansiyalarni mutlaq yo‘q qilib yuborgan, yangilarini qurish esa to‘xtab qolgan edi. Shimoli-sharqiy yo‘nalishlardagi tuynuklar uzoq vaqt davomida ochiq qolgan edi. Tinch okeanining shimoliy qismi va Alyaska tomonidan. Aytish joizki ushbu muammolar Sovet Ittifoqi davrida ham bor edi.
2020 yilning dekabr oyida yangi raketa zarbasi haqida ogohlantiriuvchi tizimning (RZHOT) davlat sinovlari yakunlandi. Bugungi kunda u raketa hujumlari haqidagi ma’lumotlarni muvaffaqiyatli ravishda Moskva raketaga qarshi himoya tizimi va davlat va harbiy boshqaruv tizimlariga yetkazib bermoqda. Shuningdek u koinot hududini ham monitoring qilmoqda.
RZHOTning birinchi esheloni yagona kosmik tizim tarkibiga kiruvchi sputniklar guruhidan iboratdir. Xususan bu “Voronej” eng yangi tsansiyalaridir. Ushbu RLSlar butun mamlakat chegarasi bo‘ylab tarqatilgan. Kaliningraddan boshlab Leningrad, Orenburg, Krasnodar, Krasnoyarsk va Irkutsk viloyatlari va Altay o‘lkasigacha. 2021-yilda Komi respublikasida va Murmansk yaqinida yangi stansiyalar ishga tushadi.
"Voronej" — bu detsimetrli to‘lqinga ega bo‘lgan gorizont usti RLSlarning so‘nggi avlodi bo‘lib. Ular barcha raketa xavfi bo‘lgan yo‘nalishlarni nazorat ostida ushlab turishadi. Stansiyalar 6 ming kilometr masofagacha kosmik, ballistik va aerodinamik nishonlarni nazorat qilib turishi mumkin. Bir stansiya gorizont bo‘yicha 6 ming vertikal bo‘yicha 8 ming kilometr masofada bir vaqtning o‘zida 500tagacha obyektlarning uchish trayektoriyasini, tushish joylarini va vaqtini nazorat qilib turishi mumkin.
“Voronej” to‘liq avtomatik ravishda ishlaydi va raketlar parvozi boshlangan vaqtdayoq ularni qayd etadi. Hujum qayd etilganda ma’lumotlar RZHOT qo‘mondonlik punktlariga yetkaziladi. Bir necha daqiqa ichida axborot tahlil qilinadi va yuqori rahbariyatga javob zarbasi haqida qaror qabul qilish uchun yetkazib beriladi.