TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Rossiya havo kosmik uchlari yangi rayetaga qarshi tizimini sinovdan o‘tkazdi.
Sinov Qozog‘istonning “Sari-Shagan” poligonida amalga oshirildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Rossiya Havo-kosmik kuchlari raketaga qarshi mudofaa birlashmasi komandiri o‘rinbosari, polkovnik Vladimir Sergiyenkoning so‘zlariga ko‘ra, sinov vaqtida qurilmaning barcha tavsiflari o‘z tasdig‘ini topgan.
Videoni “Zvezda” telekanali e’lon qildi. Unda raketani ochilishi va startga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni aks etgan.
Raketaga qarshi mudofaa tizimi Rossiya Havo-kosmik kuchlari tomonidan boshqariladi. Bu tizim havo-kosmik hujumdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan.