TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Jizzax viloyati Forish tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
YTH “Jizzax - Forish - Qizilcha” 4R-36 yo‘lining 85- kilometrida ro‘y bergan. Navoiy viloyati Nurota tumani Sintop qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi J.S. boshqaruvidagi “Cobalt” Z.D. boshqaruvidagi “GAZ-31” bilan to‘qnashgan.
Ko‘ngilsiz hodisa oqibatida “Cobalt”da yong‘in kelib chiqqan. Natijada ushbu avtomashina haydovchisi J.S. va uning yo‘lovchisi X.G. kuyish jarohatidan vafot etgan.
“GAZ-31” haydovchisi B.T. ham tuman tibbiyot birlashmasida ko‘rsatilgan yordamga qaramasdan hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur avtomashinada bo‘lgan haydovchining hamqishlog‘i yo‘lovchi I.E. esa bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, chap boldir suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.