Ushbu aksiya ishtirokchilaridan biri RF prezidenti Vladimir Putinga Strelnadan 2 kilometr masofada joylashgan yangi reabilitatsiya markazi ochilishida ishtirok etishni taklif etdi.
Davlat rahbari volontor qiz kichikroq ikki qavatli uy fonida turganini ko‘rib, inshootning "saroy" bilan o‘xshashligini qayd etdi.
"Xuddi yana bir qasrdek ko‘rinyapti, shunday ekan, kelaman. Faqat uni mening nomim bilan bog‘lamang, kelishdikmi?", - deya hazillashdi Putin.
Putin shu tariqa yanvar oyida Aleksey Navalniy tomonidan ommaga e’lon qilingan "video-fosh qilish"ga shama qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, muxolifatchi o‘z surishtiruvida Gelenjik yaqinida saroy borligini va uning egasi Putin ekanligi haqida gapirgan.
Ko‘chmas mulk 100 milliard dollarga baholangan. Ushbu material ijtimoiy tarmoqlarda misli ko‘rilmagan shov-shuvga va qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.
Kreml o‘zining rasmiy bayonotida prezident bunday ko‘chmas mulkka ega emasligini ma’lum qilgan.