O‘zbekistonda ShHT Sammitiga tayyorgarlik ishlari boshlandi

Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Samarqand shahrida infratuzilma obyektlarini barpo etish, ta’mirlash, jihozlash  kabi vazifalarni amalga oshirish uchun doimmiy ishchi guruh tarkibini tasdiqlaydi
Sputnik
TOShKENT, 3 mar - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "2022 yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi  farmoyishi qabul qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Samarqandda ShHT sammitiga tayyorgarlik qizg‘in - Sputnik reportaji
Hujjatda 2022-2023 yillarda Samarqand shahrida o‘tkazilishi belgilangan qator anjumanlar, forumlar, festivallarni va boshqa yuqori darajagi xalqaro siyosiy, iqtisodiy, madaniy, turistik va sport tadbirlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik  ko‘rish va ularni yuksak saviyada o‘tkazish vazifalari belgilangan.
Xususan, farmoyishga muvofiq, 2022-yilda Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Respublika tashkiliy komissiyasi tarkibi hamda Sammit tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha bosqichli ish rejasi tasdiqlandi.
Komissiyaning asosiy vazifalari etib Sammitni yuqorida saviyada o‘tkazilshga qaratilgan kompleks tayyorgarlik va tashkiliy tadbirlarni  amalga oshirish, Sammit konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqishni ta’minlash, ushbu farmoyish, undan kelib chiqadigan Vazirlar Mahkamasi qarorlari va «yo‘l xaritalari”da belgilanadigan vazifalarning ijrosini qat’iy monitoring qilib borish va boshqalar belgilandi.
O‘zbekiston ShHT davlatlari o‘rtasida parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirdi
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida Samarqand shahrida infratuzilma obyektlarini barpo etish, ta’mirlash, jihozlash  kabi vazifalarni amalga oshirish uchun doimmiy ishchi guruh tarkibini tasdiqlaydi.
Farmoyishga ko‘ra, Tashqi ishlar vazirligiga xorijiy davlatlardan, xususan Xitoydan xalqaro yirik tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha ilg‘or tajribaga ega ekspert va mutaxassislarni jalb  etish va Sammit doirasida taklif qilinadigan tarjimonlar ro‘yxatini tuzish hamda tadbirlarda sinxron tarjima qilish bilan bog‘liq tashkiliy masalalar yuklatildi.
Shuningdek, mazkur hujjat bilan "www.sco-summit2022.uz" veb-sayti faoliyati yo‘lga qo‘yilib, o‘tkazilgan tadbirlar bo‘yicha O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotidagi raisligiga oid tegishli ma’lumotlar bilan to‘ldirib boriladi.
Hujjatga ko‘ra, Sammitning xalqaro va  mahalliy ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash maqsadida "Sammit media markazi"ni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab  chiqiladi.
Farmoyishga binoan, vazirlik, idora, tashkilot va mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan joriy yilda har oyda bir marotaba, 2022-yilda esa har 15 kunda Komissiyaga ma’lumot berib boradi.