Jirinovskiy O‘zbekistonni Rossiya tarkibiga guberniya sifatida qo‘shishni taklif etdi

LDPR fraksiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy MDH mamlakatlari Rossiyaga qay tariqa qo‘shilishlari mumkinligi va bu qanday yakun topishi haqida gapirdi
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Vladimir Jirinovskiyning aytishicha, sobiq sovet ittifoqi maydonidagi siyosatchilar sekin-asta MDHdan-da kuchliroq tuzilmani yaratishlari mumkin.
"Respublikalarga o‘rin yo‘q": Jirinovskiy SSSR hududlarini qaytarish zarurligi haqida gapirdi
"Govorit Moskva" radiostansiyasi efirida u Rossiya va Belarus munosabatlari Ittifoqdosh davlatlar formatida olib borilishini aytib o‘tdi.
Xuddi shunday formatni Qirg‘iziston va Tojikistonga taklif etish mumkin, deb qo‘shimcha qildi siyosatchi.
"Sobiq sovet ittifoqining 14ta respublikalari uchun barcha muammolarni yechish, to‘liq xavfsizlik va zo‘r iqtisodiyotni ta’minlashning eng yaxshi yo‘li - bu Rossiya tarkibiga guberniya huquqi asosida kirishdir. Dushanbe guberniyasi, Bishkek gubeniyasi, Yerevan, Riga, Jitomir, Kiyev va boshqa guberniyalar tariqasida", - dedi Jirinovskiy.
Siyosatchi radio efir davomida 20-yil oldin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko unga Belarus Rossiya tarkibiga qo‘shilishga tayyorligi haqida aytganini eslagan.