TOShKENT, 25 fev - Sputnik. AQSh prezidenti Jo Bayden o‘zidan oldingi prezident Donald Trampning AQShga qator toifadagi chet elliklarga kirishni ta’qiqlovchi qarorini bekor qildi, deb xabar bermoqda Oq uy.
Tramp 2020-yilning aprelida AQShda koronavirus pandemiyasi vaqtida "Qo‘shma Shtatlar mehnat bozori uchun xatar tug‘diruvchi immigrantlar"ning kirishiga to‘siq bo‘lgan qarorni imzolab, so‘ngra uning amal qilish muddatini uzaytirgan edi.
"(Proklamatsiya) AQSh manfaatlarini ilgari surmaydi. Aksincha, u AQShga halal beradi, masalan AQSh fuqarolari oilalari a’zolariga va qonuniy doimiy yashovchi maqomiga ega fuqarolarga o‘z oilalari bilan birlashishga halal beradi", - degan Bayden.
"U shuningdek, butun dunyodan iqtidorlardan foydalanadigan AQSh iqtisodiyoti sohalariga halal beradi", - deb qo‘shimcha qilgan Bayden.
Va nihoyat, uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp qo‘llagan choralar tufayli an’anaviy tarzda har yili o‘tkaziladigan lotereya(grin-karta)da AQShda yashash huquqini qo‘lga kiritgan shaxslar ushbu mamalkatga kira olmagan.