Xrushchev Kennedini o‘ldirishga buyruq bergan - AQSh razvedkasi sobiq rahbari

AQSh razvedkasi sobiq rahbari Kennedining o‘ldirilishida SSSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Nikita Xrushchevni aybladi.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik. AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Jeyms Vulsi AQSh 35-prezidenti Jon Kennedining qotilligida SSSR Kommunistik partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Nikita Xrushchevni aybladi.
SSSR: Toshkent o‘tgan asrning 70-80 yillarida qanday bo‘lgan – video
Bu haqda New York Post gazetasi Volsi va Kommunistik Ruminiya tashqi razvedka general-leytenanti Ion Pachepaning "Ajdaho operatsiyasi: Kremlning Amerikaga qarshi maxfiy urushi" qo‘shma kitobiga asoslanib yozmoqda. RIA Novosti xabariga asosan.
Mualliflarning fikriga ko‘ra, Kennedini o‘ldirgan Li Xarvi Osvald KGB xodimi bo‘lgan. SSSR uni 1957-yilda Yaponiyada AQSh dengiz flotida xizmat qilayotganda “verbovka” qilgan. Bir qator maxfiy topshiriqlarni bajargandan so‘ng, Xrushchev unga AQSh prezidentini o‘ldirishga "shaxsan buyruq bergan".
"Garchi Osvald Sovet Ittifoqida qolishni istagan bo‘lsa-da, Kennedini o‘ldirish uchun AQShga qaytishga ko‘ndirildi, Xrushchev AQSh yetakchisiga nafrat bilan qaragan. Osvald ... SSSRdan kelgan ayolga uylandi va 1962-yil iyun oyida AQShga qaytarib yuborildi,"- deyiladi kitobda.
Biroq, keyinchalik Sovet hukumati Kennedini o‘ldirish "fikridan qaytdi" va Osvaldga bu haqda topshiriq berildi. Ammo u buyruqqa bo‘ysunmadi, deydi mualliflar.
Shu bilan birga, kitobda ushbu da’volarning barcha dalillari Uorren komissiyasining 26 jildlik hisobotida ko‘rsatilganligi aniqlangan, ammo u shu qadar "shifrlangan" bo‘lib, u yerda nima yozilganligini hali hech kim tushunmagan.
AQShning eng mashhur prezidentlaridan biri Jon Kennedi 1963-yil 22-noyabrda o‘ldirilgan. Davlat rahbarining korteji Dallas ko‘chalari bo‘ylab harakatlanganda bir necha bor o‘qqa tutilgan. Politsiya Li Harvi Osvaldni qotillikda gumon qilib hibsga oldi. Bir necha kundan keyin u politsiya bo‘limida Dallas shahrida yashovchi Jek Rubi tomonidan otib o‘ldirilgan. Rubi 1967-yilda o‘pka saratonidan vafot etdi.