Bunaqasi Rossiyada hali bo‘lmagan: mudofaa qanday tank ustida ishlamoqda

Qo‘shinlar safida g‘ildirakli tanklar qanday o‘rinni egallashi mumkinligi haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.
Sputnik
TOShKENT, 24 fev — Sputnik, Andrey Kos. Baquvvat, yuqori tezlikka ega va yaxshi himoyalangan - "Bumerang" birlashgan zirhli platforma asosida Rossiyada ilk g‘ildirakli tank yaratishmoqchi. Istiqbolli shassi xarakteristikalari unga "Sprut-SD" samoxodkasidagi singari silliq stvolli pushkaga ega qurol-aslaha majmuasini o‘rnatishga imkon beradi, deb tushuntiradi "Harbiy sanoat kompaniyasi" bosh direktori Aleksandr Krasoviskiy.
"Uchar tank va super ovchi": rus jangovar vertolotlari Kavkaz tomon yo‘l oldi
Qo‘shinlar safida g‘ildirakli tanklar qanday o‘rinni egallashi mumkinligi haqida - RIA Novosti materialida o‘qing.

Suriyada asqotadi

Krasoviskiyning so‘zlariga ko‘ra, unifikatsiyalashtirilgan "Bumerang" g‘ildirakli platformasi ishlanmasi yakunlanishiga oz qolgan — u asosida qurilgan K-16 bronetransporterining davlat sinovlari yil yakuniga qadar rejalashtirilgan. Muhandislarning ta’kidiga ko‘ra, konstruksiyada fan va texnikaning eng zamonaviy yutuqlaridan foydalanilgan.
Kelgusi rejalar — istiqbolli BMP K-17, maxsus texnika va boshqa namunalarni sinovdan o‘tkazish. "Harbiy-sanoat kompaniyasi" bosh direktori "Bumerang" platformasida g‘ildirakli tankning qisqa muddatda yaratilishi - sanoat uchun muammo emas.
Garchi bunday texnika Sovet Ittifoqida ishlab chiqilgan bo‘lsa-da, Rossiya armiyasida to‘liq aylanadigan bashnyada kuchli qurol bilan jihozlangan g‘ildirakli tanklar - zirhli mashinalar oilasining norasmiy nomi shunday - yo‘q edi. Garchi ushbu mashinalar himoya jihatdan gusenitsali transport vositalariga yon bersada, ammo tezlik, manyovr qila olish va xod zaxirasi jihatdan ularni sezilarli darajada ortda qoldiradi.
“Bu yutuq”: Rossiya tank jangining yangi texnikasini sinab ko‘rmoqda
"G‘ildirakli tanklar ular uchun mos gruntga ega mamlakatlarda keng tarqalgan, — deya hikoya qiladi RIA Novostiga harbiy ekspert Aleksey Leonkov. — Masalan, Afrikada. Shu bois, jumladan, JARda asosiy talab aynan g‘ildirakli tanklargadir. Ularning asosiy afzalliklari — tezlik va ta’mirlashlar orasidagi bosib o‘tadigan masofadir. Agar asosiy jangovar tank, qo‘pol qilib aytganda, o‘n ming kilometrdan so‘ng sinsa, pushkali broneavtomobil belgilangan yuz ming kilometrni bosib o‘tadi".
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bu singari tanklar Rossiya armiyasiga temir yo‘l o‘tkazish imkoniyati ancha zaif bo‘lgan markaziy osiyo yo‘nalishida asqotgan bo‘lardi: g‘ildirakli bronemashinalarni avtotrassalar bo‘ylab o‘tkazish ancha oson. Bundan tashqari, bunday texnika xuddi o‘sha - Suriyani patrullashda yordam berishi mumkin. Hozir u yerda harbiy politsiya "Tigr" zirhlangan avtomobillari va BTR-82Ada harakatlanmoqda.
Leonkovning ta’kidlashicha, istiqbolli tank, xuddi bronetransporter singari, suvli to‘siqlarni yengib o‘tishga qodir, yurib va suzib ketayotgan vaqtida zarba bera oladi. Qudratli qurol-aslahaga egaligi tufayli uni reydlarda kabi, umumqo‘shin operatsiyalarida — masalan, flangalarda, razvedkada, dozorda va jangovar mudofaada ham qo‘llash mumkin.

Yirik kalibr

G‘ildirakli transport vositalarining yo‘lga nisbatan yumshoqroq ta’siri ham muhimdir. Po‘latdan yasalgan tank traklari hatto eng mustahkam asfaltni ham barbod qilishi hech kimga sir emas. Aynan shu uchun og‘ir zirhli transportni maxsus transporter-shatakchilarda tashishni afzal ko‘rishadi. Yuk ortish va tushirish anchagina vaqtni oladi, g‘ildirakli tank esa hech qanday kechikishsiz yoki maxsus tayyorgarliksiz marshdan jangga kirishishga shay.
“Triumf”, “Armata” va albatta “Tornado”: BAAda Rossiyaning eng so‘nggi qurollari
Istiqbolli tankning HDQ uchun yaratilgan xuddi "Sprut-SD" samoxodkasidagi singari 125 millimetrli pushkasiga jangovar bo‘limning asosiy quroli sifatida qaraladi. O‘qlantiruvchi avtomat va 40 snaradli jangovar komplektga ega stabillashtirilgan tizim asosidagi silliq stvolli 2A75 T-72 va T-90 tanklarining 2A46M qurollariga o‘xshash. Samoxod tegishli kalibrdagi barcha turdagi aslaha zaxiralari hamda boshqariluvchi tanklarga qarshi raketalar yordamida o‘t ochadi. Jangovar bo‘limning qo‘shimcha yordamchi aslahasi — 7,62 millimetrli kalibrga ega qo‘sh PKT pulemet ustanovkasidir.
Bunday aslahalar bilan ta’minlangan pushkali "Bumerang" dunyodagi eng qudratli g‘ildirakli tankka aylanishi mumkin. G‘arb va Sharq mamlakatlarida ushbu sinfga mansub jangovar texnikalarning aksariyati 105 millimetr kalibrga teng qurollarga egadir. G‘ildirakli taknlar NATOga a’zo bir nechta mamlakatlar va Osiyo mintaqasida qurollar safida turadi. Bu Stryker platformasi asosida ishlangan amerikaning M1128 MGS, Fransiyaning AMX-10RC, yaponlarning MCV, italiyaning Centaurosidir. Mudofaa vazirligi 2010-yillarning boshida Rim bilan quruqlikdagi qo‘shinlar uchun Centauro partiyasini xarid qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazgan. Mashinalarning bir nechtasi hattoki Rossiyaga sinovlar uchun olib kelingan ham, ammo ish shu bilan yakunlangan: italiya g‘ildirakli tanklari Rossiyaning jangovar texnika ishonchliligiga qo‘yiladigan talablarga javob bermagan.
"Rosoboroneksport" 13 milliard dollarga qurol sotdi

Tanklarga va dronlarga qarshi

Istiqbolli "Bumerang" g‘ildirakli platformasini ilk bor G‘alaba paradida 2015-yilda namoyish qilishgan edi. Bu baza asosida ishlangan texnika sovet davrida, qolaversa keyinchalik RFda yaratilgan BTR oilasiga mansub bronetransporterlardan yirikroq va qudratliroqdir.
Shosseda 750 ot kuchiga ega YaMZ-780 dvigatel mashinani soatiga 100 kilometr tezlikda yeldira oladi. Motor bo‘limi — old qismda, bu esa desantga tankning orqa qismidan mashina ichiga kirish va chiqish imkonini beradi. "Bumerang" oilasiga mansub mashinalarning zirhlanish darajasi ko‘p qavatli bo‘lib, tarkibida loy ham aralashgan. Bu esa gomogen himoyadan ancha ishonchliroqdir.
Rossiya quroli: Su-57 qiruvchisi va “ovchi” og‘ir zarba droni
Hozircha "Bumerang" oilasining eng qudratli mashinasi - masofadan boshqariladigan "Bumerang-BM" universal jangovar moduliga ega g‘ildirakli K-17 pexota jangovar mashinasi sanaladi. Quroli - 30 mm avtomatik 2A42 pushkasi (selektiv boyepitanie va 500 tagacha snaradlar zaxirasiga ega), tanklarga qarshi - "Kornet" tanklarga qarshi boshqariladigan raketa qo‘sh pusk ustanovkasiga ega.
Ammo bundan ham jiddiyroq variantlar bor. K-17 uchun ehtimoliy jangovar modullardan biri — AU-220M "Baykal" bo‘lib, u daqiqasiga 120ta o‘q uza oladigan 57-millimetrli pushkaga ega. Bu mashina ega bo‘lgan snaradlar quvvati g‘arb maktabining barcha zamonaviy pexota jangovar mashinalariga qarshi kurash uchun yetarli sanaladi. Bundan tashqari, 57 millimetrga ega kalibr uchuvchisiz uchish apparatlarini, xususan, kichik o‘lchamdagilarini ham 12 kilometrgacha bo‘lgan masofada samarali yo‘q qilishga qodir.