Biroq “chaqmoq” bilan bog‘liq holatda AQSh harbiy sanoat majmuasining imkoniyatlar chegarasi belgilangan, biz “beshinchi avlod” ko‘rinmas samolyotning sust halokatini kuzatmoqdamiz.
F-35 Amerika parklarining uch ikki qismi dvigatel bilan bog‘liq muammo sabab parvozlarni bajarishga qodir emas. Samolyot ko‘plab jiddiy tuzilish kamchiliklariga ega, Pentagon tomonidan o‘rnatilgan sinovdan o‘tmagan va hozirgacha ommaviy ishlab chiqarish uchun ma’qullanmagan. Bugungi kunda AQSh havo harbiy kuchlari (HHK) oddiyroq 4+ avlod F-16 qiruvchilari foydasiga F-35 dan voz kechishga tayyor.
Avvaliga Pentagonda F-35A ga bo‘lgan buyurtmalarni 40 foizdan ziyodroqqa – 1763 ta samolyotdan 1050 tagacha qisqartirishni taklif qilishdi. Bir vaqtning o‘zida AQSh HHK buyurtmalarni eskirayotgan, biroq ishonchli F-16 Fighting Falcon ga joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hammasi noilojlikdan.
F-35 qiruvchi bombardimonchi AQSh harbiy havo kuchlari tomonidan besh yildan ziyod foydalanilmoqda, lekin surunkali ravishda past tayyorlik darajasi, ishlab chiqarishdagi ko‘plab muammolardan aziyat chekadi. Avvalroq mudofaa vaziri o‘rinbosari Ellen Lord F-35 Lightning qiruvchilarining 36 foizi parvoz uchun yaroqligi, qolgan mashinalar “qisman ishlayotganini” ma’lum qilgandi.
F-35 donasini qariyb 100 million dollardan xarid qilgan Amerika ittifoqchilari va hamkorlarining (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Isroil, Italiya, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya) umidi puchga chiqdi – samolyot beshinchi avlod parametrlariga mos kelmaydi, jangovar shaylikdan yiroq, oddiy qilib aytganda, ko‘zlagan vazifalarni bajarishga qodir emas.
AQSh harbiy sanoat majmuasining “xom” mahsulotiga bo‘lgan paradoksal navbat yo‘qolmaydi. Birlashgan Arab Amirliklari yaqinda elliktacha F-35ni yetkazib berish uchun shartnoma tuzdi. Isroil “chaqmoq” parkini 40 ta mashinagacha ko‘paytirish niyati borligini aytdi. Buni AQSh bilan “do‘stlik uchun” niqoblangan to‘lov deb tushuntirish mumkin.
F135 – eng kuchli omadsiz
Avvalroq “chaqmoq”ning super tezligi va korpusidagi buzilishlar, uchuvchilarga kislorod yetkazib berishdagi uzilishlar va F-35 loyihalashni ta’minlashdagi “kamchiliklar” haqida xabar qilingan edi. Muhandislar ishlash vaqtida kamchiliklarni bartaraf etishga urinishmoqda, lekin mushkul muammolar yumaloqlangan qor singari kattalashib boradi.
AQSh HHK F-35A qiruvchilari amerikaliklar “dunyodagi foydalanilayotgan har qanday qiruvchidan eng qudratli” deb hisoblaydigan F-135 dvigateli bilan jihozlangan. Ammo aynan u F-35 past mahsuldorligining asosiy sababi bo‘ladi. Injiq F135 tez-tez texnik xizmatni talab qiladi va samolyotdan foydalanish qiymatini sezilarli oshiradi. Taqqoslash uchun, F-35 ning bir soatlik parvozi 31 ming dollarga tushadi, F-16 niki esa 8 ming dollardan kamroqqa.
F-16 ni ham almashtirish vaqti kelgan
AQSh HHK jangovar shaylikni saqlash uchun noiloj F-35 ulushini qisqartirish va ularni modernizatsiya qilingan F-16 Fighting Falcon qiruvchilar bilan almashtirishni rejalashtirmoqda. F-16 to‘rtinchi avlod yengil qiruvchisi 21,8 tonna maksimal uchish massasiga ega, 7,7 tonnagacha aviabombalar va raketalarni tashishga qodir. Jangovar radiusi – 1700 kilometr, maksimal tezligi soatiga 2200 kilometr.
Bu mintaqaviy nizolar uchun yomon bo‘lmagan mashina, lekin “beshincha avlod”dan bir qadam ortga chekinish yaxshi emas. Pentagon o‘zaro murosa izlamoqda.
HHK shtabi boshlig‘i Charlz kichik K.Braun F-16 xarid qilishga qarshi chiqdi va yengil bir motorli qiruvchilarning mutlaqo yangi toifasini yaratishga chaqirdi. Amerika HHK F-16 Fighting Falcon qiruvchilarini yangi jangovar samolyotlarga almashtirish maqsadga muvofiqligini baholash uchun tadqiqot loyihasini ishga tushirdi. Tadqiqot 2023-yil boshida nihoyasiga yetadi.
Muammo F-35 g‘arb dunyosida ishlab chiqarilayotgan yagona “beshinchi avlod” qiruvchiligi bilan qiyinlashgan. Shartli ravishda u bilan raqobatlashayotgan F-15 va F-18 qiruvchilari ruhat eskirgan. AQShning yevropalik ittifoqchilari o‘zining beshinchi avlod qiruvchilarini ishlab chiqarishga bel bog‘lamaydi, Buyuk Britaniya, Polsha, Belgiya, Italiya esa umidsiz amerika F-35ni xarid qilishni moliyalashtirmoqda. “Chaqmoq”ni yaratishga sarflangan umumiy xarajatlar 400 milliard dollardan oshgan, lekin bu milliy budjet mablag‘larini teng sarflamaslikning boshlanishi ekan. AQSh Qurolli kuchlar senat qo‘mitasi F-35 ni “mudofaa xaridlarining singan tizimining... oddiy misoli” ekanini aytdi. Taniqli siyosatchi (o‘tmishda uchuvchi ham bo‘lgan) Jon Makkeyn, hozirda marhum, adolatli qayd etgandi: “F-35 dasturining rekord darajadagi ko‘rsatgichlari narx, jadval va mahsuldorlikka nisbatan bir vaqtning o‘zida janjal va fojia bo‘lgan”.
“Chaqmoq” hali uzoq AQSh HHK va uning ittifoqdoshlarining chidamliligini sinaydi. F-35 ning bebaho “injiqliklariga” sabr qilishga to‘g‘ri keladi. “Ko‘rinmas” F-35 loyihasining surunkali muvafaqqiyatsizliklari ortidan muvaffaqiyatli uchayotgan va dunyodagi beshinchi avlod qiruvchilardan birinchi bo‘lib gipertovushli raketalarni o‘zlashtirayotgan Rossiya qiruvchisi Su-57 ning texnologiya yutuqlari umidbaxsh bo‘lib ko‘rinadi. Amerikaliklar noiloj rus qurolining ustuvorligini tan olishmoqda.